Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet131/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   309
Bog'liq
hfh

Zilzila kuchi


Yer silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi:

  • 1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;

  • 2 ball - juda kuchsiz, uy ichida utirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);

  • 3 ball — kuchsiz, kupchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch oʻtirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi;

  • 4 ball - oʻrtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Roʻzgʻor anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;

  • 5 ball — ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, baʼzi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib toʻkiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;

  • 6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, koʻpchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat boʻladi. Baʼzi hollarda kitob javonidagi kitoblar, roʻzgʻor buyumlari javonlaridagi idishlar agʻdarilib tushadi;

  • 7 ball - juda kuchli. Koʻpchilik odamlarni qoʻrquv bosadi, koʻchaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, Hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqlanadi.

  • 8 ball - yemiruvchi. Xom gishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo boʻladi, uy tepasidagi moʻrilar yiqiladi, baʼzi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, togʻliq joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.

  • 9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron boʻladi, yer yuzasida yoriqlar paydo boʻladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin.

  • 10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boʻladi. Temir yoʻl izlari toʻlqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, choʻkish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari toʻlqinlanib qirgʻoqqa uriladi, qoyali yon bagʻrlarda katta-katta surilish hodisalari sodir boʻladi.

  • 11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron boʻladi, toʻgonlar yorilib ketadi, temir yoʻllar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, yer ostidan balchiqdar koʻtarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.

  • 12 ball - oʻta fojiali. Yerning ustki qismida katta oʻzgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron boʻladi, daryolarning oʻzani oʻzgarib sharsharalar paydo boʻladi, tabiiy toʻgʻonlar vujudga keladi.

MDH hududining 20 foizga yaqin yeri seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan togʻli oʻlkalar, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Karpat boʻyi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primor’e, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va Oʻrta Osiyoning torli oʻlkalari kiradi.

Download 6,07 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   309




Download 6,07 Mb.