|
Zilzila kuchini aniqlash shkalasi (ballarda)
|
bet | 127/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhZilzila kuchini aniqlash shkalasi (ballarda)
1. Sezilmaydigan zilzilalar. Yer tebranishining kuchi insonlar sezadigan darajaga yetmaydi. Uni faqat tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar - seysmograflar yordamida qayd qilish mumkin.
2. Zo’rg’a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz holatda bo’lgan, ayniqsa yuqori qavatlarda bo’lgan ayrim insonlar sezishi mumkin.
3.Yerning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo’lgan insonlarning ayrimlari, ochiq joyda bo’lganlardan faqat tinch holatda turganlargina sezadi. Tebranish guyo ma’lum masofadan yuk mashinasi o’tgandek tuyuladi. Sinchkov kuzatuvchi osma holatda bo’lgan predmetlarning yengil tebranishini ilg’ab oladi, binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatan kuchliroq bo’ladi.
4.Sezilarli tebranish. Bino ichida bo’lgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham o’ygonadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar yengil zirillaydi. Osma holatda bo’lgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo’ladi. To’xtab turgan avtotransportdagilar ham sezishi mumkin.
5.O’ygonib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uyqudagilarning aksariyat qismi qo’rquv aralash o’yg`onadi. Ayrimlar zudlik bilan ko’chaga otlanadi. Hayvonlar bezovta bo’ladi. Osma soatlar to’xtab qoladi. Mustahkam asosga ega bo’lmagan ayrim buyumlar yiqiladi yoki suriladi. Yaxshi mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib-yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisman to’kiladi.
6. Qo’r`uv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochiq joydagi insonlarning hammasi sezadi. Ko’pchilikni qo`rquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo`qotadi. Hayvonlarda bezovtalik kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib ketadi. Og`ir mebellar suriladi.
7. Binolar shikastlanadi. Ko`pchilik insonlarda qattiq qo`rquv paydo bo’ladi. Avtomobil boshqarayotganlar ham sezadi.
Tepalik va tog` oldi zonalarida ko`chki, o`pirilish bo’ladi. Suv yuzida to’lqinlar paydo bo’lib loyqalanadi. quduq suvlari sathi, miqdori o`zgarishi kuzatiladi. Yer osti suvlari sizib chiqish hollari bo’ladi.
|
| |