|
Zilzila qanday ro`y berishiga e’tibor beraylik
|
bet | 126/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhZilzila qanday ro`y berishiga e’tibor beraylik.
Yer po`sti anchagina yupqa bo`lib, Yerni okean ostida 5-10 km, quruqlikda 75-85 km. gacha qoplaydi. Yer po`sti qattiq qatlam bo`lib, plitalar deb ataluvchi bir nechta bo`laklarga bo`lingan. Yer po`sti ostida kuchlar harakatda bo`lib, u plitalarni bir yilda bir necha santimetrga siljitadi. Plitalar harakatidagi nomuvofiqlik tosh yotqiziqlarning yorilishiga olib keladi. Bo`linish plitalar harakati natijasida hosil bo`ladigan kuchlanishning oshib borishi natijasida yuz beradi.
Yoriqning oldingi chekkasida jarayon rivojlangan sari tog jinslaridan energiya ajralib chiqadi. Energiyaning bir qismi atrofga seysmik to`lqinlar tarzida tarsaladi. Bu to`lqinlar yer yuzasiga yetib borgach, yer tebranishlarini keltirib chiqaradi. Bu tebranishlarni bizzilzila deb ataymiz.
Har qanday uzilish yoki bo`linishda bo`lganidek, zilzila qandaydir bir joyda boshlanadi va atrofga tarqaydi. Bulinish boshlangan joy gipotsentr (zilzila uchog`i), yer yuzasining gipotsentr ustidagi nuqtasi epitsentr deb ataladi. Yer yuzasidan gipotsentrgacha bo`lgan masofa o`choq chuqurligi deyilib, u bir necha km. dan bir necha yuzlab km. ga yetadi.
Zilzila sodir bo`lishini uning ayrim belgilaridan sezish mumkin. Masalan, avval sezilmagan gaz hidi sezilishi, kush va uy hayvonlari bezovtalanishi, yaqin joylashgan elektr simlari uchqunlanishi kabi belgilar zilziladan darak berishi mumkin.
Zilzila vaqtida siz bilan nima bo`lishi mumkinligi siz zilzila uchog`idan qanchalik uzoqda turganligingizga, tebranishlar muddatiga, binolar konstruksiyalarining mustahkamligiga, poydevor va shu bino turgan tuproqning xususiyatlariga va boshqa bir qator omillarga bog`liq.
Zilzila xavfli oqibatlarga olib keladi. Zilzila ro`y berganda binolar, inshootlar buzilishi va vayron bo`lishi, to`g`onlar va suv yo`llari yorilishidan suv bosishlari, neft omborlariga shikast yetishi va gaz quvurlarining yorilishidan yong`inlar chiqishi, binolar ichidagi va tashqarisidagi buyumlar tushib ketishi, transport vositalari va kommunikatsiya tizimlari, energiya va suv ta’minoti tarmoqlari, kanalizatsiya quvurlari shikastlanishi, yadro reaktorlaridagi radioaktiv moddalar chiqib ketishi mumkin.
Odamlar yuzlab yillar avval ham zilzila kattaligini uning keltirgan zarariga qarab aniklashga harakat qilganlar. Biz bugun ma’lum bir joyda keltirilgan zarar darajasinizilzila kuchi deb ataymiz va uni ballarda ulchaymiz. Zilzila kuchi aniq bir joyda zilzilaning keltirgan zarar darajasi bilan belgilanadi. Zilzila kuchi Merkallining 12 balli shkalasi yordamida ulchanadi. Vatanimizda bu shkalaning bir turi «MSK-64» shkalasi qo`llaniladi. Zilzilaning «MSK-64» shkalasi bo`yicha bo`lishi mumkin bo`lgan kuchining qisqacha tavsifini keltiramiz.
|
| |