|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 123/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh3-modul. 15-mavzu.
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari
Reja:
FVDT boshqaruv tizimlari va ularning ob’ektlar darajasidagi vazifalari.
FVDT qutqaruv otryadlarining tashkiliy tuzulmalari.
FM shtabining xizmatli tizimlari, kuch va vositalari.
FM sining xalq xo’jaligi tarmoqlarida tashkiliy tuzulmalari.
FM sining tarkibiy mablag’lari.
FVDT boshqaruv tizimi va ularning ob’ektlar darajasidagi vazifalari:
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’ektlar ishining FV chog’ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
Boshqaruv organlarining, ob’ektlar kuch va vositalarining FV chog’idagi harakatlarga tayyorligini ta’minlash;
Avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarga shu jumladan ob’ektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish;
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
Ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini FV lardaga harakatlarga tayyorlashni tashkil etish.
FVDT qutqaruv otryadlarining tashkiliy tuzulmalari.
Qutqaruv otryadlarining tashkiliy tuzilishi quyidagicha bo’lish mumkin:
Har bir korxonaning FM boshlig’i FM ni tashkil etishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo’lishini nazorat qiladi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi. Korxona FM ning boshlig’i shu korxona joylashgan rayon FM ga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FM siga bo’ysunadi.
Har bir korxonaning FM boshlig’iga o’rinbosar tayinlanadi (2-chizma). Katta korxonalarda bir necha o’rinbosarlar tayinlanadi, jumladan:
a) Ishchi-xizmatchilarni joylashtirish (yoki evakuatsiya) bo’yicha;
b) Muhandis-texnik ishlari bo’yicha;
v) Moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha.
FMning ishchi-xizmatchilarni joylashtirish bo’yicha o’rinbosari joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularning oilalarini evakuatsiya etish, jamoat tartibini saqlash ishlariga boshchilik qilish hamda ishchi xizmatchilarni bir joydan ikkinchi joyga tashish ishlarini tashkillashtirish vazifalarini bajaradi.
FM ning muhandis-texnik bo’limi o’rinbosari korxonaning bosh muhandisi hisoblanadi. Uning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, ekstremal holatlarda avariya-texnika va yong’inga qarshi xizmatlarni, qutqarish ishlarini olib boradi.
Bundan tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, halokat bo’lganda qutqarish va avariyani to’sish hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi.
FM ning moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha o’rinbosari qilib korxonaning ta’minot bo’yicha boshliq o’rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs maxsus jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga ta’luqli jihozlar bilan ta’minlaydi va saqlaydi. Yana u boshpanalarni ko’rish va o’z qo’l ostidagi ishchi-xizmatchilarni evakuatsiya qilishni ta’minlaydi hamda inshootlarni ta’mirlash ishlarini bajaradi. «Korxonada FM ning shtabi tuziladi. Bu shtabda har xil buyruqlar, bajariladigan chora-tadbirlar va FMning yuqori tashkilot talabnomalari, ish rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi. Korxona shtab boshlig’i etib, shu korxonaning FM boshlig’ining birinchi o’rinbosari tayinlanadi. FM ning shtabi zimmasida ishchi-xizmatchilarni va korxona xodimlari oilalarini qirgin qurollar ta’siridan, dushmanning bevaqt hujumidan o’z vaqtida ogoh qilish vazifasi turadi.
|
| |