|
Zilzilaning kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari
|
bet | 119/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhZilzilaning kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari.
Insoniyat tarixida yuzlarcha halokatli zilzilalar bo’lib o’tgani yozma manbalardan ma’lum. Yunonistondagi qadimgi Pompey harobalari shundan dalolat beradi. Olimlar ummon tubidan ko’plab qadimiy shaharlarning harobalarini topishgan. Hozirgi Issiqko’l qirg’oqlari bo’ylab ham ko’hna davr inshootlari, saroylari va qasrlarning qoldiqlari hamon saqlanib, o’sha qadimiy yer silkinishlaridan guvohlik berib turibdi.
Oxirgi 50 yil ichida bo’lib o’tgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko’ra CHili, San-Frantsisko, Tokio, Ashxabod va Spitak, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashxabod (100 ming odam halok bo’lgan, 8—9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojia Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok bo’lgan) oldi. U 1988 yili 7 dekabr kuni sodir bo’ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o’zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo’ldi. 200 mingli Leninakan shahri zamonaviy binolarining yarmidan ko’pi quladi yoki tiklab bo’lmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli sanoat markazi bo’lgan Kirovakan shaxri va katta qishloqlar talafot topdi.
San-Frantsiskoda 1906 yil 18 apreldagi yer qimirlashida 700 aholi halok bo’lgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Ikki kun yong’in mobaynida 500 ga yaqin kvartallar yonib, hech narsa qolmagan, hammasi bo’lib 350 ming kishi halokatga uchragan.
Yaponiyada 1995 yil 17 yanvarda kuchli yer qimirlashi ro’y bergan. Uning epitsentri yirik Koba portining markazida joylashgan bo’lib juda katta ko’lamda muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo’lishiga, uy-joylarni buzilishiga olib kelgan. Bu ofat natijasida uylarning buzilgan bo’laklari ostida 5 ming odam nobud bo’lgan va 500 ming oila uy-joysiz qolgan.
1995 yil 27 mayda Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida 9,2 balli o’ta kuchli yer silkinishi ro’y berdi. Ma’lumotlarga ko’ra uning natijasida shahardagi 95 foizdan oshiq inshootlar vayron bo’lgan va 1841 fuqaro nobud bo’lgan.
|
| |