Kuchli shamol, qurg’oqchilik va uning oqibatlari




Download 6,07 Mb.
bet121/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   309
Bog'liq
hfh

5. Kuchli shamol, qurg’oqchilik va uning oqibatlari.
Kuchli shamol ham insonlar hayotiga xalq xo’jaligiga jiddiy zarar yetkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu ofatning tezligi 30-90 m/s.ga yetadi. O’rta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 40-60 m/s.ga, O’zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60 m/s.ni tashkil etadi. Kuchli shamolning paydo bo’lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda, u o’rama (voronka) harakatga aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok bo’lishi, inshootlarning buzilishi, ekinzorlarning payxon etishi, elektr-telefon tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. SHuningdek kuchli shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yo’llardan adashadilar, simyog’ochlar, daraxtlar ag’anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar turli darajada jarohat oladilar. SHuning uchun bunday favqulodda holatda odamlar yengil, baland ko’rilgan imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog’ochlardan, ko’priklardan uzoqroq joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlovchi omil — bu himoya inshootlari (metro, yer osti yo’laklari, uylarning yerto’lalari va boshqalar) hisoblanadi.
Bu ofatdan saqlanishning yana bir omili — ofat haqida odamlarni o’z vaqtida ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta oladigan zamonaviy uslublar yaratilganki, bularning bergan ma’lumotlari asosida nafaqat odamlarni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklarni falokatdan asrash, buzilishi yoki yaroqsiz holga kelishining oldini olish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida, qutqaruv va buzilgan joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko’rganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatadi.
Qurg’oqchilik ofati ham O’zbekistonga xos bo’lib, ilgari bunga deyarli e’tibor berilmagan. Lekin keyingi yillarda ekologiyaning haddan tashqari buzilishi, suv resurslaridan noto’g’ri foydalanish va boshqa sabablar oqibatida bizning mintaqada ham bunday ofat aynan hozirgi paytda kuzatilmokda.
Qurg’oqchilikda odamlarning o’limi, daraxtlarning, ekinzorlarning ko’rishi, kuchli yong’innlarning chiqishi va turli xil kasalliklarning tarqalishiga imqoniyat yaratiladi. Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda qurg’oqchilik muammosi Orol dengizi bilan bog’likdir. SHu sababdan hozirgi kunga kelib, Orol dengizi suvining balandligi taxminan 17 m.ga pastga tushib ketgan, ya’ni 1960 yillarda uning balandligi 53 m.ni tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilda u 36 m.ni ko’rsatdi. Endi Orolni ilgarigi holatiga qaytarish uchun unga 30 mln km3 suv qo’yish kerak bu degan so’z butun boshli Sirdaryo suvini to’liq quyish bilan barobardir.



Download 6,07 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuchli shamol, qurg’oqchilik va uning oqibatlari

Download 6,07 Mb.