|
Tabiiy ofatlar va ularning sodir bo’lishi
|
bet | 117/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTabiiy ofatlar va ularning sodir bo’lishi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida»gi qarorida mamlakatimiz hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish harakteriga va o’lchamlariga ko’ra tasniflab berilgan.
Favqulodda vaziyatlar harakteriga ko’ra tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi hamda o’lchamiga ko’ra lokal, mahalliy, Respublika va transchegara favqulodda vaziyatlarga bo’linadi.
Tabiiy ofatlar turlari.
Bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi o’zgarish bo’lib, u birdan, tezlikda insonlarning mo’’tadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odamlarning o’limi hamda qishloq xo’jaligi hayvonlarining, moddiy boyliklarning yo’q bo’lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.
Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: yer silkinishi, suv toshqini, kuchli shamol, yong’inn, qurg’oqchilik yer surilishi va boshqalar. Bu xildagi tabiiy ofatlar bir-biriga bog’liq hamda bog’liq bo’lmagan holda, alohida yuzaga kelishi mumkin, ya’ni bir tabiiy ofatning boshqa ofat oqibatida yuzaga kelishidir. Masalan, o’rmonda yong’inlarning kelib chiqishi, torli joylardagi ishlab chiqarish portlashlari, karerlarni ishga solishda, platinalar ko’rishda yerning surilishiga, qorlarning ko’chishi va boshqa ofatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Yer silkinishi yuzaga kelish sabablari.
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu — yer silkinishidir. Yer silkinishi — yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo’lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo’lishi o’chog’i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yig’ilib kelgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. O’choqning ichki qismi markazi gipotsentr deyiladi, yerning ustki qismidagi markazi epitsentr deyiladi.
Er silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
tektonik zilzilalar;
vulqon zilzilalari;
ag’darilish, o’pirilish zilzilalari;
texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog’liq) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko’p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o’ramlarida bo’ladigan harakat (tektonik kuchlar tushuniladi) Respublikamizning harbiy hududida 1976, 1984 yillarda yuz bergan 8-10 balli, Gazlidagi yer silkinishlarini ba’zi olimlar, ana shu hududdagi mavjud gaz qonlari va ulardan gazni so’rib olish jarayoni bilan bog’lashadi. 1976-1984 yillardagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila o’chog’i, litosferaning ma’lum chuqurlikdagi tog’ jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobig’ining 5-25 km chuqur oralig’ida, 1984 yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oralig’ida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig’ilishi, sarflash darajasi silkinish miqdori, yer qa’ri tog’ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma’lum darajada buzilganligi oqibati, zilzilaning sodir bo’lishi vaqtini tezlashtiradi.
|
| |