• FV larning paydo bo’lish omillari va jarayonlari. F
  • FV turlari va uning aniqlovchi ko’rsatkichlari




    Download 6,07 Mb.
    bet114/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    FV turlari va uning aniqlovchi ko’rsatkichlari.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:

    1. Zilzilalar, yer surilishi;

    2. Sel, suv toshqinlari va boshqalar;

    3. Kimyoviy-xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaharli moddalarning ajralib chiqishi);

    4. Portlash va yong’in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;

    5. Temir yo’l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va falokatlar;

    6. Xavfli epidemiyalarning tarqalishi;

    7. Radioaktiv moddalardagi avariyalar.

    Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko’rsatkich bo’yicha aniqlanadi:

    1. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ning ta’rifi);

    2. FV ning mohiyati (mazmuni);

    3. FV ning sabablari;

    4. FV ning shikastlovchi omillari;

    5. FV da qaltislikni oshiruvchi omillar;

    6.FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish);
    7. FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni bajarish);
    FV larning paydo bo’lish omillari va jarayonlari.
    FV lar quyidagi omillar natijasida paydo bo’ladi:

    1. Og’irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan jarayonlar;

    2. Konstruktsiyalar yoki inshootlar materiallarini zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexaniq ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;

    3. Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, qonstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo);

    4. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yordan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);

    5. Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir qonlarida metan gazining portlashi va hokazo);

    6. Turli ko’rinishlardagi harbiy faoliyatlar.


    Download 6,07 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FV turlari va uning aniqlovchi ko’rsatkichlari

    Download 6,07 Mb.