• Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi
  • Favqulodda vaziyatlarning sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra tavsifi




    Download 6,07 Mb.
    bet112/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    2. Favqulodda vaziyatlarning sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra tavsifi.

    1. Tabiiy tusdagi FV;

    2. Texnogen tusdagi FV;

    3. Ekologik tusdagi FV larga bo’linadi.

    Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
    1) Geologik xavfli hodisalar: zilzilalar, yer ko’chishlari, tog’ o’pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar;
    2) Gidrometeorologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor ko’chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometerologik hodisalar;
    3) Favqulodda epidemiologik epizootik va epifitotik vaziyatlar: alohida xavfli infektsiyalar (o’lat, vabo, sarg’ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, rikketsiyalar-epidemik toshmali terlama. Bril kasalligi, zoonoz infektsiyalar — Sibir yarasi, quturish, virusli infektsiyalar — SPID;
    Epidemiya — odamlarning guruh bo’lib yuqumli kasallanishi, ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish); epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo’lishi; Epifitotiya esa o’simliklarning ommaviy nobud bo’lishidir.
    Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:
    1) Transportlardagi avariyalar va halokatlar — ekipaj a’zolari va yo’lovchilarning o’limiga, havo kemalarining to’liq parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya-qidiruv ishlarini talab qiladigan avia halokatlar;
    Yong’inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bo’lgan va temir yo’l xodimlarining halokat hududidagi temir yo’l platformalarida, vokzal binolarida va shahar imoratlarida bo’lgan odamlar o’limiga, shuningdek tashilayotgan kuchli ta’sir ko’rsatuvchi zaharli modda (KTZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir yo’l transportidagi halokat va falokatlar;
    Portlashlarga, yong’inlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZM larning zararli xossalari namoyon bo’lishiga va odamlar o’limi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab bo’ladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yo’l-transport hodisalari;
    Odamlarning o’limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari parchalanishiga olib keladigan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar va yong’inlar;
    Gaz, neft mahsulotlarining otilib chiqishiga, ochiq neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab bo’ladigan magistral quvurlardagi avariyalar.
    2) Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar:
    Tevarak-atrof tabiiy muhitga ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) odamlar, hayvonlar va o’simliklarning ko’plab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan taqdirda, yo’l qo’yiladigan chegaraviy qontsentratsiyalardan ancha ortiq miqdorda sanitariya — himoya hududidan chetga chiqishiga sabab bo’ladigan kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar, yong’in va portlashlar.
    3) Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar:
    Texnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshqa yong’in uchun xavfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan ob’ektlardagi odamlarning mexaniq va termik shikastlanishlariga, zaharlanishlariga va o’limiga, asosiy ishlab chiqarish zaxiralarining nobud bo’lishiga, favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chiqarish maromining va odamlar hayot-faoliyatining buzilishiga olib keladigan yong’inlar va portlashlar;
    Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o’limiga olib keladigan hamda qidiruv-qutqarish ishlarini o’tkazishni, nafas olish organlarini muhofaza qilishning, maxsus anjomlarini va vositalarini qo’llashni talab qiluvchi, ko’mir shaxtalaridagi hamda qon-ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan bog’liq avariyalar, yong’inlar va jinslarning qo’porilishi.
    4) Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar:
    Sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari iste’molchilari avariya tufayli energiya ta’minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan GES, GRES, IES-lardagi, tuman issiqlik markazlaridagi elektr tarmoqlaridagi bug’-qozon qo’rilmalaridagi, kompressor, gaz taqsimlash shahobchalaridagi va boshqa energiya ta’minoti ob’ektlaridagi avariyalar, yong’inlar, aholi hayot-faoliyatining buzilishiga va salomatligiga xavf tug’ilishiga olib keladigan gaz quvurlaridagi suv, chiqarish inshootlaridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa kommunal ob’ektlardagi avariyalar; Atmosfera, tuproq, yer osti va yer ustisuvlarining odamlar salomatligiga xavf tug’diruvchi darajada qontsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo’ladigan gaz tozalash qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi avariyalar.
    5) Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog’liq avariyalar:
    Odamlar o’limi bilan bog’liq bo’lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv o’tkazilishini hamda zarar ko’rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishini talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo’nalishdagi ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari qonstruktsiyalarining to’satdan buzilishi, yong’inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
    6) Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar:
    Sanitariya-himoya hududidan tashqariga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo’ladigan yuqori darajadagi radioaktivlik odamlarning yo’l qo’yiladigan ko’p miqdorda nurlanishini keltirib chiqaradigan, texnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob’ektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar; radioizotop buyumlarning yo’qotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saqlash va tashishni amalga oshiruvchi, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chiqib ketishi yoki yo’qotilishi bilan bog’liq vaziyatlar.
    7) Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar:
    Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog’lardagi yo’llardan suv urib ketishi natijasida vujudga keladigan hamda suv bosgan hududlarda odamlar o’limiga, sanoat va qishloq xo’jaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan va shoshilinch ko’chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulodda vaziyatlarning sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra tavsifi

    Download 6,07 Mb.