• Elektr potensiallarini tenglashtirish.
  • Statik elektrdar himoyalash.
  • Himoya ajratkichi. Elektr potensiallarini tenglashtirish. Statik elektrdar himoyalash




    Download 6,07 Mb.
    bet109/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Himoya ajratkichi. Elektr potensiallarini tenglashtirish. Statik elektrdar himoyalash


    Himoya ajratkichi – tez harakatga keluvchi himoya hisoblanib, elektr uskunalarida tokdan jarohatlanish xavfi paydo bo‘lganda, elektr uskunasini elektr tokidan tez avtomatik ravishda ajratishni ta’minlaydi. Himoya ajratkichi erga ulash va nollashtirish har xil sabablarga (faza korpusga tutashganga erga ulash va nollashtirish nosoz bo‘lganda, izolyasiyalar qarshiligi ruxsat etilgan normadan kam bo‘lgan xolllarda) ko‘ra inson xavfsizligini ta’minlay olmaganda ishlatiladi. Harakatlanadigan elektr qurilmalarida qo‘l jihozlaridan foydalanilganda himoya ajratkichlarni qo‘llash eng maqsadga muvofiqdir.

    Himoya jratkichning sxemasi.


    Himoya ajratkichi 1000 V kuchlanishdagi yopiq erga ulangan neytralli elektr uskunalarida nollashtirishga qo‘shimcha himoya vositasida ishlatiladi.


    Elektr potensiallarini tenglashtirish. Hayvonlarning jarohatlanish holatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik holda buning sababi ularning bo‘yin va oyoqlari orasidagi hosil bo‘lgan kuchlanishni ta’siri hisoblanadi.
    Bunday jarohatlanishni yo‘qotish maxsus himoya qurilmasi – elektr potensiallarini tenglashtirish qurilmasi yordamida amalga oshiriladi (17.9.-rasm). Elektr potensiallarini tenglash-tirish qurilmasi sifatida metall to‘r yoki o‘tkazgichlar beton polga qo‘yiladi va o‘tkazgich quvurlariga elektrik ulanadi. Biror bir elektr qabul qiluvchilar korpusida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa, xuddi shunday holat poldagi ushbu konstruksiyalarda ham bo‘ladi. Bu holatda elektr qabul kilgich korpusi va pol oralig‘ida qolgan odam yoki hayvonning tanasi xavfsiz, kuchlanish ostida bo‘ladi.
    Organizmni elektr potensiallarini tenglashtirish barcha metall konstruksiyalarini elektr potensiallarini tenglashtirish qurilmasi (odam yoki hayvon tegishi mumkin bo‘lgan) bilan ishonchli o‘zaro elektrik biriktirish va nollashtirish orqali amalga oshiriladi.
    Statik elektrdar himoyalash. Ma’lumki, ikkita har xil moddiyni o‘zaro ishqalinishi, xuddi shuningdek suyuqliklar, gazlarni quvurdagi


    Elektr patensiallarini tenglashtirish: a-metall tur yordamida; b-ikkita o‘tkazgich yordamida.


    harakati natijasida statik elektr zaryadlarni to‘planishi ro‘y beradi.
    Avtomabillarni asfaltda yurishida shinalarning ishqalanish va bunda qum va shag‘allarni avtomabillarni metallar qismiga urilishi natijasida uning kuzovidan statik elektr potensiali 3000 V ga, po‘lat quvuridan benzin oqishida 3600 V ga, uzatish tasmasi harakati 15 m/s tezlik bilan harakatlanganda 80000 V gacha etish mumkin.
    Statik elektrning fiziologik ta’siri kuchsiz sezilmas yoki qattiq sanchik yoki zarb orqali sezilishi mumkin. Uning bu kabi qisqa vaqtli ta’siri qurquvga, tananing yoki uning biror qismini beixtiyor birdan harakatga kelishiga va qator hollarda jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
    Statik elektrdan himoyalanish tadbirlari uning zaryadlarini hosil bo‘lishini oldini olish yoki uni erga o‘tkazib yuborishlar hisoblanadi.
    Havoning nisbiy namligi 70 % dan yuqori bo‘lganda statik elektr zaryadlarning xavfini oldini olinadi. Neft mahsulotlarini idishga quyishda statik elektr zaryadini oldini olish uchun yonilg‘ini quyish shlangini idishning tubiga tushirib quyish kerak. Erga ulash himoyasi ham statik elektr zaryadidan eng ishonchli himoya hisoblanadi.



    Download 6,07 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Himoya ajratkichi. Elektr potensiallarini tenglashtirish. Statik elektrdar himoyalash

    Download 6,07 Mb.