|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 110/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTayanch so‘zlar: kuchlanish, izolyasiya, statik, elektr xavfsizligi, falaj, qarshilik, sezilarli tok, qo‘yib yubormaydigan tok, fibriliyasion tok, potetsial, faza, tegish kuchlanishi, qadam kuchlanishi, erga ulash, nollashtirish, himoya ajratkichi.
Nazorat uchun savollar
Elektr toki kundalik hayotimizda va ishlab chiqarishda qanday rol o’ynaydi?
Elektr toki inson uchun qanday havf tug’diradi?
Elektr tokining qaysi omillar juda havfli hisoblanadi?
Yurak fibrillyatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
Birinchi yordam nima, u qanday bajariladi?
Elektr tokidan himoyalanish uchun qanday tadbirlar o’tkazish kerak?
Texnosferada xavfsizlikni ta´minlash masalalari.
3- modul. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
14-mavzu. Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari
Reja:
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari.
Tabiiy ofatlar va ularning sodir bo’lishi
Texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlar va undan muhofazalanish usullari.
Suv toshqinlari, yer ko’chkilari, qor ko’chkilari.
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Favqulodda vaziyat (FV) — ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’limiga, salomatligiga, tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir*.
Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga ko’ra, quyidagi guruhlarga bo’linadi:
tasodifiy FV — yer silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va boshqalar;
b) shiddatli FV — yong’inlap, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
v) mo’’tadil (o’rtacha) FV — suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
g) ravon FV — sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg’oqchilik epidemiyalar-ning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
|
| |