|
Favqulodda vaziyatlar ya’ni tarqalish miqyosiga ko’ra (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’qotishlar miqdoriga qarab) 4 guruhga bo’linadi
|
bet | 111/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhFavqulodda vaziyatlar ya’ni tarqalish miqyosiga ko’ra (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’qotishlar miqdoriga qarab) 4 guruhga bo’linadi:
Lokal (ob’ekt miqyosidagi) FV;
Mahalliy FV;
Respublika (milliy) FV;
Transchegaraviy FV (global)
Lokal favqulodda vaziyat — biror ob’ektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha ob’ekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat — aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq biroq, 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.
Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat -deyilganda — favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, Respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat -deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O’zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O’zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo’lgan Turkmaniston, Qozog’iston va boshqa davlatlar uchun ham falokat keltiruvchi vaziyatdir. SHuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O’zbekiston davlatining kuch va mablag’idan tashqari, butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunep va boshq.) mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmoqda. Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko’ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra):
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Favqulodda vaziyatlar ya’ni tarqalish miqyosiga ko’ra (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’qotishlar miqdoriga qarab) 4 guruhga bo’linadi
|