|
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ekologik tusdagi FV lar asosan 3 xil bo’ladi
|
bet | 113/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhEkologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ekologik tusdagi FV lar asosan 3 xil bo’ladi:
1. Quruqlik (tuproq yer osti)ning holati o’zgarishi bilan borliq vaziyatlar: halokatli ko’chkilar — foydali qazilmalarni qazish chog’ida yer ostiga ishlov berilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida yer yuzasining o’pirilishi, siljishi;
Tuproq va yerni sanoat tufayli kelib chiqadigan toksinlar bilan ifloslanishi, og’ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog’lig’i uchun xavf soluvchi kontsentratsiyalarda qo’llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar:
Havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, qurum, chang va odamlar sog’lig’iga xavf soluvchi qontsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
keng ko’lamda kislotali hududlar hosil bo’lishi va ko’p miqdorda kislota chiqindilari yog’ilishi;
radiatsiyaning yuqori darajasi.
3. Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar:
Er yuzasi va yer osti suvlarining sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi oqovalari;
Neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan, tarkibida og’ir metallar, har xil zaharli ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan eksteremal yuqori darajada ifloslanishi;
Binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yemirilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miqdorining ortishi;
Suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining keskin yetishmasligi.
Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BMT bo’yicha favqulodda vaziyatlarning tavsifiga yana qo’shimcha qilib: a) ijtimoiy-siyosiy tavsifdagi FV; b) harbiy tavsifdagi FV ni kiritish mumkin.
|
| |