|
FVV ning bevosita tasarrufidagi kuchlar
|
bet | 116/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhFVV ning bevosita tasarrufidagi kuchlar (1785 kishi):
Maxsus aloqa batalyoni (220 kishi)
Aloqa bo’limi (66 kishi)
SHahar tashqarisidagi boshqaruv punkti (140 kishi)
Kimyoviy raziometrik laboratoriya (5 kishi)
Fuqaro himoyasi instituti (71 kishi)
Omborlar
Markaziy aeromobil otryadi.
Respublika tezkor ixtisoslashgan markazi
Tezkor xarbiylashgan terma otryad
FVV talabnomasi bo’yicha ajratilgan kuchlar:
Mudofaa vazirligining mexanizatsiyalashgan batalyoni (42219 kishi);
IIVning xarbiylashgan yong’in muhofazasi Respublika terma otryadi;
SSVning tezkor tibbiy yordam Respublika markazi (47 kishi);
O’z avtotrans birlashmasining avtotransport va avtosanitariya otryadlari (30 kishi);
FM sining vositalari-bu O’zbekiston Respublikasi aholisini va xududini tinchlik va urush vaqtida himoyalash uchun zarur moliyaviy va moddiy texnik boyliklar yig’indisidir.
Moliyaviy boyliklar davlat, FVV, vazirliklar, tarmoqlar, xokimliklar, korxona va tashkilotlar, hamda jamoattashkilotlari mablag’laridan tashkil topadi.
Texnik va mulk turlari bo’yicha FM vositalari:
Kimyoviy, aloqa, muhandislik, yong’in muxofazasi, tibbiy va ichkari tomon xizmatlaridan iborat.
FM sining iqtisodiyot tarmoqlarida tashkiliy tuzulmalari.
FM shtabi tarkibida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
- aloqa va tashviqot;
- tibbiyot;
- radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;
- jamoat tartibini saqlash;
- elektr ta’minoti;
- avariya-texnikani ta’mirlash;
- panada va qochoqlar maskanida xizmat ko’rsatish;
- transportda xizmat ko’rsatish;
- moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.
Bularga maxsus topshiriqlarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig’i tomonidan rahbar etib, bo’lim, tsex smena boshliqlari tayinlanadi. Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashqari, texnika va transport vositalariga maxsus qayta ishlov beriщda FM ning bir qator xizmatli qismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari radioaktiv va zaharli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi. Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxassislar jalb qilinadi va kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Radioaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaharlangan odamlarni to’liq sanitar-qayta ishlovdan o’tkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan hammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab qo’yiladi. Bu maskanlarda kiyim-kechaklar, poyafzal va shaxsiy saqlovchi vositalarni dezaktivatsiya qiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bu yuvinish maskani bir soatda 80 odamni sanitar-qayta ishlovdan o’tkazadi.
Xalq xo’jaligi tarmoqlarida fuqarolar muhofazasining tashkiliy tuzilishi
O’zbekistonda favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etilishi hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimlari(FVDT) to’g’risidagi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23 dekabrda qabul qilingan 558-sonli «O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to’g’risida»gi qarori. FVDT boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo’ljallangan.
Qarorda FVDT ning vazifalari, tarkibiy tuzulmasi, FVDT rahbar va kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari, xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat rejimlari keng, aniq va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv organlarining Respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasidagi vazifalari belgilangan. Qarorga FVDT funktsional quyi tizimini tashkil etuvchi vazirlik va idoralar ro’yxati ilova qilingan bo’lib, ulardan har birining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi funktsiyalari keltirilgan.
|
| |