|
Zilzila kuchining o’lchov birliklari
|
bet | 118/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhZilzila kuchining o’lchov birliklari.
Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar (er sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo’lishi) yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o’rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo’lgan.
Zilzila kuchi ikki xil o’lchov birligida o’lchanadi:
Ballarda;
Magnitudada.
Dunyoning juda ko’p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli xalqaro o’lchov birligida o’lchanadi*.
Er silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi:
1ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi;
2 ball — juda kuchsiz, uy ichida o’tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi);
3 ball — kuchsiz, ko’pchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch o’tirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi;
4ball — o’rtacha sezilarli, ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Ro’zg’or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi;
5 ball — ancha kuchli, hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi, ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib to’kiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi;
6 ball — kuchli, hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi, ko’pchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat bo’ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidagi kitoblar, ro’zg’or buyumlari javonlaridagi idishlar ag’darilib tushadi;
7 ball — juda kuchli, ko’pchilik odamlarni qo’rquv bosadi, ko’chaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo bo’ladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi.
8 ball — yemiruvchi, xom g’ishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo’ladi, uy tepasidagi mo’rilar yiqiladi, ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, tog’lik joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi.
9ball — vayron qiluvchi, yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib ko’rilgan imorat va inshootlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron bo’ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo’ladi, yer osti suvlari suzib chiqishi mumkin.
10ball — yakson qiluvchi, hamma imoratlar yakson bo’ladi. Temir yo’l izlari to’lqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, cho’kish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari to’lqinlanib qirg’oqqa uriladi, qoyali tog’ yon bag’irlarida katta-katta yer surilish hodisalari sodir bo’ladi.
11 ball — fojiali, hamma imoratlar deyarlik vayron bo’ladi, to’g’onlar yorilib ketadi, temir yo’llar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo bo’ladi, yer ostidan balchiqlar suzib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi.
12ball — kuchli fojiali, yerning ustki qismida katta o’zgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron bo’ladi, daryolarning o’zani o’zgarib sharsharalar paydo bo’ladi, tabiiy to’g’onlar vujudga keladi.
MDX hududining 20 foizga yaqin yeri seysmoaktiv mintaqa hisoblanadi, bunday hududlarga asosan tog’li o’lkalar, Kavkaz orti, SHimoliy Kavkaz, Karpat bo’yi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primorьe, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va O’rta Osiyoning tog’li o’lkalari kiradi. Yer silkinishining ba’zi ko’rsatkichlari quyidagi jadvalga ko’rsatilgan:
Rixter bo’yicha, (magnituda)
|
Dunyo bo’yicha 1 yilda yer silkinishning o’rtacha soni
|
Erning silkinishi muddati, soniya
|
Kuchli yer silkinishining ta’sir etgan radiusi, km
|
8,0-8,9
|
1
|
30-90
|
80-160
|
7,0-7,9
|
15
|
20-50
|
50-120
|
6,0-6,9
|
140
|
10-30
|
20-80
|
5,0-5,9
|
900
|
2-15
|
5-30
|
4,0-4,9
|
8000
|
0-5
|
0-15
|
O’tgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar quyidagi joylarda kuzatilgan:
1920 yilda Xitoyda — 180 ming,
1923 yilda Yaponiyada —100 ming,
1948 yilda Ashxabadda — 110 ming,
1960 yilda Marokkoda — 12 ming,
1968 yilda Eronda — 12 ming,
1970 yilda Peruda — 66 ming,
1988 yilda Armanistonda — 25 ming,
1990 yilda Tayvanda (o’lganlar odamlar soni aniq emas) va
1999 yilda Turkiyada — 18 ming odam o’lgan.
Bizning asrimizda esa 2001 yilda Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinib, unda 30 mingdan ortiq odam nobud bo’lgan va yuz mingdan ortiq insonlar, boshpanasiz qolganlar.
|
| |