|
Elektr uskunalarini erga ulash va nollashtirish himoyasi
|
bet | 107/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhElektr uskunalarini erga ulash va nollashtirish himoyasi
Odamlarni va hayvonlarni elektr tokidan ishonchli himoyalashning ko‘proq tarkagan usuli erga ulash himoyasidir. YA’ni uskunalarning kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan tok uzatmaydigan metall qismini yoki elektr utkazgichlarni erga ulash hisoblanadi. Erga ulashning prinsipial sxemasini quyidagi rasmda keltiramiz.
S fazada korpusga tutashuv sodir bo‘lganda, elektr toki erga ulagich orqali erga o‘tadi, chunki odamning qarshiligi erga ulagichning R3 qarshiligidan etarlicha darajada ortiqdir. Erga ulagichning qarshiligi esa 10 Om dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Erga ulashning bosh vazifasi, korpusdagi potensialni xavfsiz miqdorigacha kamaytirishdir.
Elektr qurilmalarini erga ulashni, o‘zgaruvchan tokda nominal kuchlanish 380 V bo‘lganda va undan yuqori 440 V da va doimiy tokning barcha hollarda, o‘zgaruvchan tokda nominal kuchlanish 42…380 V gacha va doimiy tokda nominal kuchlanish 110…440 V gacha bo‘lgan yuqori xavfli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlarida bajarish kerak bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tokda 42 V va undan kichik kuchlanishda va o‘zgarmas tokda 110 V kuchlanishdan kam hamma hollarda, ishlaydigan elektr qurilmalari erga ulanmaydi. Bunday portlash xavfi bor qurilmalar va ikki o‘ramli payvandlovchi tansformatorlar mustasno. Erga ulovchi qurilma ikki kism: erga ulagich va biriktiruvchi polosalardan tashkil topadi.
Erga ulash himoyasi:
a-prinsipial sxemasi, b-erga ulash qurilmasi: 1- erga ulagich; 2-biriktiruvchi polosa.
Erga ulagichlar ikki xil sun’iy - faqat erga ulash uchun mo‘ljallangan va tabiiy – erda boshqa maqsadda turgan metall buyum holatlarda bo‘ladi. Sun’iy erga ulagichlar sifatida po‘lat quvurlar va 2…3 m uzunlikdagi va devori qalinligi 3,5 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat burchaklardan foydalaniladi. Tik erga ulagichlar, konturga 4 12 mm yoki aylana holdagi diametri 6 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat polosalar, payvandlash bilan biriktiriladi. Tabiiy erga ulagichlar sifatida erga yotqizilgan suv uzatish quvurlari: artezan kuduqlarining quvurlaridan, binolarning erga tutashgan metall konstruksiyalaridan, armaturalardan va boshqalardan foydalanish mumkin.
Erga ulagichlarning qarshiligi hisoblash bilan yoki bevosita o‘lchash bilan aniqlanadi.
YA’ni bir o‘zakli erga ulagich tok oqimining qarshiligi
,
bu erda r-tuproqning solishtirma qarshiligi Om m; l, d- erga ulagichning uzunligi va diametri (m); h- quvur yotqizilgan chuqurlik (m);
Erga ulagichlarning kerakli soni:
,
bu erda Ks-mavsumiylik koeffitsienti; Rn - erga ulashning normativ qarshiligi; he-erga ulagichlardan foydalanish koeffitsienti.
-Davlat standartiga asosan neytralli izolyasiyalangan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qo‘zg‘almas setlarda erga ulash qurilmasining qarshiligi 10 Om dan oshmasligi kerak. Erning solishtirma qarshiligi >500 Om m da ga bog‘liq bo‘lgan oshiruvchi koeffitsientlar kiritiladi.
|
| |