|
Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam berish
|
bet | 103/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhElektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam berish.
Tok urganda dastlabki yordam.
Agar biror bir kishini elektr toki ursa, bir sekund ham ketkazmay, zudlik bilan unit tok ta’siridan ajratib olish kerak. Uni quruq va tekkis yerga osmonga qaratib yotqizish kerak. Nafas olmayotgan va yuragi ishlamayatgan bo’lsa, unga sun’iy nafas berish va yuragini massaj qilish kerak. Zudlik bilan vrachga habar berish kerak.
Cun’iy nafas berish to vrach kelgunga qadar uzluksiz olib boriladi. Buning usullari ko’p, lekin eng samaralilari:
Og’zdan-og’izga
Og’izdan-burunga.
Bunda yuborilayotgan havo o’pkaga to’la yetib borishi uchun jabrlanuvchi kuragi tagiga qiyimlarini buklab yoki biror boshqa narsa to’shaladi. Bunda bosh biroz pasayib, daxan ko’tariladi va nafas yo’llari to’g’irlanadi.
Yurakni sun’iy massaj qilish uchun ko’krak qafasining pastki qismida, oxirgi qovurg’alarning uchrashgan nuqrasidan ikki enlik yuqoriroqqa o’ng qo’l panjasini va uning ustiga chap qo’l panjasini qo’yib 2-3 marta qattiq bosiladi, 2-3 marta nafas yuborib yana 2-3 marta qattiq bosiladi va h.k. shu yo’sinda to vrach kelguncha davom ettirilaveradi.
3-rasm.Yurakni sun’iy massaj qilish
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish va undan himoyalanish haqida tushunchalar.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olish uchun profilaktik tadbirlar muhim rol o’ynaydi. Bular quyidagilardir.
Tok yuruvchi qismlarni ishonchli ixotalash.
Tok yuruvchi qismlarni to’sish.
Himoyalash maqsadida yerga ulash.
Himoyalash maqsadida nol simiga ulash.
Himoyalash maqsadida uzib qo’yish.
Himoyalovchi yerga ulash- mashinaning tok yurmaydigan, lekin tasodifan kuchlanish ostida bo’lib qolishi mumkin bo’lgan qismlarini yerga o’tkazgich orqali ulab qo’yishga tushuniladi. Bunda tok ostida bo’lib qolgan mashina qismlaridan tok qarshiligi kam bo’lgan yerga o’tib ketadi. (4-rasm)
|
| |