• Yurak fibrillya ts iyasi.
  • 2. Elektr toki urishda inson organizmining va ishlab chiqarish tsexlarining xususiyatlari haqida tushunchalar. Odam tanasining shaxsiy xususiyatlari.
  • Xonaning xususiyati.
  • Tokning ta’sir qilish vaqti




    Download 6,07 Mb.
    bet102/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Tokning ta’sir qilish vaqti.
    Bu faktor ham tok orqali jarohatlanishdagi muhim faktorlardan hisoblanadi. Tok urish vaqti qancha katta bo’lsa uning havfli ta’siri ham shuncha katta bo’ladi. Amliyotda kishi tanasiga tokning ta’siri 0,001 dan 2 sek. bo’lgan vaqtda ko’proq jarohat bo’lishi kuzatilgan.
    Tok bilan jarohatlangan kishilarga dastlabki bir minut ichida yordam berganlarning 90 % gacha saqlab qolishgan.
    Tokning ta’sir vaqti uzaygan sari organizmning qarshiligi keskin kamayadi. Masalan: 30 sek dan keyin qarshilik 25 % ga, 90 sek dan keyin yesa 70 % ga kamayadi.
    Bu, tok ta’siriga tushib qolgan kishiga zudlik bilan yordam berish kerakligidan darak beradi.
    Yurak fibrillyatsiyasi.
    Odatda yurak bir minut davomida 60-80 marta qisqarib-kengayib turadi, ya’ni taqriban har-bir zarba bir sekundga to’g’ri keladi. SHu vaqt ichida yurak mushaklari ham taranglashgan va bo’shashgan holatda bo’ladi. Bu vaqtni tsikl deb ataladi.
    Bir tsikl davomida yurak 0,1 s davomida bo’shashgan holatda bo’aldi. Bu esa faza deb ataladi. Agar tokning urish vaqti fazaga to’g’ri kelib qolsa yurak FIBRILLYaTSIYaCI deb atalgan hodisa ro’y beradi, ya’ni yurak urishdan to’xtab qoladi. Bu esa juda havfli. Bunday hollarda vrachlar deffibrillyator degan asbob bilan katta tok yordamida yurakni yana ishlatib yuboradilar.
    2. Elektr toki urishda inson organizmining va ishlab chiqarish tsexlarining xususiyatlari haqida tushunchalar.
    Odam tanasining shaxsiy xususiyatlari.
    Elektr toki bilan jarohatlanishda kishi organizmining fizik va psixik holatlari muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa yurak va oshqozon tuberkulyoz va asab kasalliklari bilan og’rigan kishilarga tokning ta’siri kuchlidir. SHuning uchun elektr toki bilan ishlaydigan ishlarga shu kasalliklari bor odamlar olinmaydi.
    Xonaning xususiyati.
    Elektr toki urishi havfi mavjud barcha xonalar 3 guruhga bo’linadi.

    1. Unchalik havfli bo’lmagan quruq, issitiladiagan juda ham issiq bo’lmagan (t= 15-25 oS), tok o’tkazmaydigan changlar ajratib chiqaruvchi honalar.

    2. Yuqori havfli nam, quruq, lekin isstilmaydigan va tok o’tkazuvchi changlarni ko’p miqdorda ajratib chiqaruvchi, odamlarni terlatadigan darajada issiq xonalar.

    3. O’ta havfli- juda nam xonalar, ularda devorlar, ship, pol va unda joylashgan barcha narsalarning ustki qismi shabnam bilan qoplangan, havo bug’, o’tkir gaz va bug’lar bilan to’yingan va sh.o’. xonalar.


    Download 6,07 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   309




    Download 6,07 Mb.