|
Nurlanishning zararli ta´siridan himoyalanish chora-tadbirlari
|
bet | 98/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh3.Nurlanishning zararli ta´siridan himoyalanish chora-tadbirlari.
Ishlovchilarni ionlovchi nurlar ta’siridan himoyalash umumdavlat tadbirlari tizimi bilan ta’minlangan. Sanitariya nazorati organlari korxonalar va laboratoriyalarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida radiatsiya xavfsizligi talablari qanday bajarilayotganini muntazam tarzda nazorat etib boradilar. Radiaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nur manbalari bilan ishlashning asosiy sanitariya qoidalari (OSP-72/80) ishlab chiqilgan. Bu xujjat quyidagilarni qatiylashtiradi: muassasalar, uchastkalar va qurilmalarni joylashtirish; qurilish manbalarini olish, hisobga olish , saqlash va tashish; ventilyatsiya, chang-gaz tozalagich, isitish, suv ta’minoti, kanalizatsiya qurilma va inshootlari; radiaktiv chiqindilarni to’plash, uzoqlashtirish, zararsizlantirish, uskunalarni dezaktivatsiya qilish, shaxsiy himoya va shaxsiy gigiena choralari; radiatsiya nazorati masalalari.
Ionlovchi nurlardan kollektiv himoya vositalariga umum texnik talablar GOST 12.4.120-83 da belgilangan.
Radiaktiv moddalar ochiq holda solishtirib aktivligiga qarab (radiaktiv xavflilik) 4 guruxga bo’lingan –A,B,V,G (kamayib borish tartibida). Radiaktiv moddaning aktivligi, unda juda qisqa vaqt oralig’ida sodir bo’ladigan yadroviy o’zgarish (bir turdan boshqa turga o’tish) lar soni bilan aniqlanadi. Aktivlik birligi qilib, bir sekund ichida bitta yadro o’zgaruvi-bekkerelь (Bk) qabul qilingan. Ilgarigi o’lchov birligi- kyuri (Ki) ham ishlatiladi; 1Ki=3,7·1010Bk. Ochiq manbali hamma ishlar uch sinfga bo’linadi (I,II,III). Ishning sinfi ionlovchi nur taratuvchi ochiq manbaalar bilan ish olib boriladigan xonalarning joylanishi va jihozlanishiga talablarni belgilaydi. Bunday xonalarning eshigiga radiatsiya xavfini ishning sinfini anglatuvchi belgi qoqib qo’yiladi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalari (SHXV), shaxsiy gigiena qoidalari va dozimetrik nazoratni tashkillash katta ahamiyatga ega. Radiatsiya nazoratlari har qanday turining natijalari qayd etilishi va 30 yil davomida saqlanishi kerak.
Hozirgi paytda dozimetrik nazorat uchun xilma-xil asboblar ishlatiladi, ularning asosida quyidagi usullar yotadi:
Ionli usul-nurlarning havoni ionlaytirish usuli;
Stsintillyatsiya usuli-ba’zi kristallar, gazlar va eritmalar ionlovchi nurlar energiyasini yutganda ko’zga ko’rinuvchi yorug’lik chaqnatishiga asoslanadi;
Fotografik usul-ionlovchi nur ta’sirida fotografik emulьsiyalarning qorayish xususiyatiga asoslanadi.
|
| |