|
Xalq xo’jaligining turli sohalarida, fanda, tibbiyotda optik kvantli generatorlar (OKG) yoki lazerlardan
|
bet | 95/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhXalq xo’jaligining turli sohalarida, fanda, tibbiyotda optik kvantli generatorlar (OKG) yoki lazerlardan foydalanish kundan kunga kengayib borayapti. Optik diapazondagi elektromagnit nurlanish tarqatuvchi generator lazer deyiladi. U majburiy nurlantirish printsipida ishlaydi.
Lazerning ishlash printsipi atomlar (murakkab kvant tizimi)ning xususiyatiga asoslangan. Bu xususiyat qo’zg’algan holatdan asosiy holatga (kam energiyali) o’tishda foton nurlarini ajratib chiqarishidir.
Normal sharoitlarda holati qo’zg’algan moddadagi atomlar soni energiyaning asosiy pog’onasida turgan atomlar sonidan kam. Buni ancha ko’paytirish uchun maxsus usullar va ishchi jismga (suyuqlik, kristall, gaz) energiya (yorug’lik,yuqori chastotali elektromagnit maydon va b.) bilan ta’sir etiladi. Qisqa vaqt ichida qo’zg’algan holatdan asosiy holatga shiddatli tarzda o’tish lazerli nurlanishga olib keladi. Bunday nurlanishning asosiy xususiyati juda tor yo’nalishda tarqalishdir (nur dastasi yoyilmaydi), shuning uchun kichkina yuzaga juda zich energiya to’g’ri keladi.
Lazerlar, xosil qilinish xarakteriga qarab impulьsli (nurlanish davomiyligi 0,25sek.)va uzluksiz (0,25sek.dan ko’p) turlarga bo’linadi. Lazerlar to’lqin uzunligi 0,2 mkm.dan 1000mkm.gacha bo’lgan elektromagnit nurlanish hosil qiladi. Lazerning energetik parametrlari ularning turiga bog’liq. Uzluksiz nurlanuvchi generatorlarning chiqish quvvati vatt (Vt) bilan o’lchanadi, impulьsli lazerlarning quvvati Joul (j) bilan o’lchanadi.
Lazerli nurlanishning me’yorlanuvchi kattaligi quvvatning yuzaga nisbati (Vt/sm2) yoki yuza birligiga to’g’ri keladigan energiya zichligi (J/sm2) bilan o’lchanadi.
Lazerli nurlanishning odam organizmiga ta’siri murakkab jarayon, lazer nurlarning organizm to’qimalariga bevosita ta’siri va organizmda bo’ladigan turli o’zgarishlar bilan aniqlanadi.
Lazer nurlarning termik va termik bo’lmagan ta’sirlari bor. Ularning shikastlovchi ta’siri impulьslarning quvvati (yoki energiya zichligi) nurning to’lqin uzunligi, impulьsining uzunligi, organizmning biologik va fizik kimyoviy xususiyatlariga bog’liq.
Lazer nurlariga odamning ko’zlari sezgir bo’ladi, bevosita tushgan yoki aks etib qaytgan nur ham shikastlaydi (mug’iz parda oksillari yemiriladi va shilliq parda kuyadi). SHikastlanish xarakteri to’lqin uzunligiga bog’liq.
|
| |