• 1.Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta´siri.
  • Elektromagnit tebranishlar
  • Elektromagnit nurlanish
  • -модул. 12-mavzu. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri




    Download 6,07 Mb.
    bet94/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    2-модул. 12-mavzu. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri
    Reja:

    1. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta´siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari.

    2. Ularni tasniflash va me´yorlash. Nurlanishning zararli ta´siridan himoyalanish chora-tadbirlari. Nurlanishning zararli ta´siridan himoyalanish chora-tadbirlari.



    1.Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta´siri.
    Ishlab chiqarishda insonga ionlovchi, elektromagnit, lazerli va ulьtrabinafsha nurlanishlar ta’sir etadi.
    Ionlovchi nurlar har qanday nur bo’lishi mumkin, faqat ular muxitni bevosita yoki bilvosita ionlash, ya’ni atom va molekulalarni zaryadlashi kerak. Kosmik nurlar bunga misol bo’ladi. Yerda bunday nurlarning tabiiy manbai –tabiiy tarzda tarqalgan radiaktiv moddalardir. Sun’iy manbalar-yadro reaktorlari, zaryadlangan zarralarni tezlatgichlar, rengen uskunalari, sun’iy radiaktiv izotoplardir.
    Ionlovchi nurlar odam hayoti uchun jiddiy xavf tug’diradi, shuning uchun ular bilan to’qnash keladigan paytda ma’lum texnikaviy va tashkiliy choralarni ko’rish lozim.
    Nurlanish ichki va tashqi bo’ladi. Tashqaridan nurlanishda radiatsiya manbai organizmdan tashqarida bo’ladi va radiaktiv moddalar organizm ichida nurlaydi. Rentgen apparatlari va tezlatgichlar bilan ishlaganda shunday bo’ladi.
    Tashqaridan nurlanishda eng xavflilari-betarentgen nurlari va neytronli nurlanish hisoblanadi. Radiaktiv moddalar organizmga havo orqali ovqat yo’li, ba’zan teri orqali kirib, ichdan nurlanishga olib keladi.
    Ionli nurlanish elektromagnitli (fotonli) korpuskulyar ham bo’ladi. Elektromagnitlisiga gamma nurlar va rentgen nurlar kiradi. Korpuskulyar nurlar tinch holatdagi massali (no’ldan katta) zarralar oqimidir. (alьfa va beta zarralar, protonlar, neytronlar va b.)
    Quruq atmosfera havosida rentgen va gamma nurlarining ionlovchi ta’sirini raqamlar bilan o’lchash uchun “ekspozitsiya dozasi” degan tushunchadan foydalaniladi.
    Zamonaviy tasavvurlarga ko’ra ionlovchi nurlarning tirik organizmga ta’sir mexanizmi shuki, atom va molekulalarni, masalan, organizm xo’jayralaridagi suvni ionlaydi, natijada moddalar almashinish jarayoninini buzadi. Yutilgan nur dozasi va organizmning xususiyatlariga qarab bu o’zgarishlar qaytuvchi yoki qaytmaydigan bo’ladi.
    Doza kam bo’lsa, to’qima o’zining normal faoliyatiga qaytadi. Nurlar uzoq vaqt ta’sir etsa yoki doza ruxsat etilgan (joiz ) chegaraviy qiymatdan katta bo’lsa, to’qimalar surunkali nurlanib, butun organizmda “nurlanish kasalligi” (oq qon) yuzaga keladi. Uning ayrim ko’rinishlari nurlanish kataraktasi, xavfli o’sma bo’lishi mumkin.
    Har qaysi turdagi ionlovchi nurlar organizmda biologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Odam tanasi bir marta nurlanganda quyidagi biologik oqibatlar bo’lishi mumkin (Yutilgan dozaning o’lchov birligi: grey (Gr)):
    0,25 Gr.(grey)gacha –sezilarli buzilishlar bo’lmaydi;
    0,25...0,50 Gr.- qonda o’zgarish bo’lishi mumkin;
    0,5...1,0Gr.- qonda o’zgarish bo’ladi, umumiy xolat normal, lekin ish shlash qobiliyati buziladi, 1,0.....2,0Gr.-normal holat buziladi, ishlash qobiliyati yo’qolishi, ehtimol, 2,0...4,0 Gr.-ishlash qobiliyati yo’qoladi, o’lim sodir bo’lishi mumkin, 4,05...5,0Gr.- nurlanganlarning 50 foizi o’ladi, 6,0 va uning katta - nurlanganlarning bari o’ladi.
    Nurlanish dozasi o’limga olib keladigan dozadan 100-1000 marta katta bo’lsa, odam o’sha zahoti o’ladi (“nur ostida o’lish”).
    Ionlovchi nurlarning organizmga ta’siri doza bilan ta’sir etish vaqti (davomiyligi)ga bog’liq.
    Elektromagnit tebranishlar energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan sanoat tizimida (masalan, turli materiallarga induktsiyali va dielektrik termik ishlov berish, radiouzatish, televidenie) atrof muhitda elektromagnit maydon (EMM) hosil bo’ladi. Bunday maydonning odamga ta’siri ruxsat etilgan chegaradan ortib ketsa, kasb kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
    Elektromagnit nurlanishlarning odam organizmiga ta’sir darajasi chastotalar diapazoniga, shu omilning ta’sir jadalligiga, nurlanish davomiyligiga, nurlanish xarakteri va rejimiga, nurlanayotgan badan yuzasi o’lchamlariga va organizmining individual xususiyatlariga bog’liq.
    Past chastotali elektr maydoni (EM) uzoq vaqt ta’sir qilsa, odamning markaziy asab va yurak tomir tizimi ishini buzadi, qonda o’zgarish hosil qiladi, ayniqsa, EMning kuchlanishi yuqori bo’lsa.
    EMMning biologik ta’siri tebranishlar chastotasi oshgan sari kuchaya boradi, jadalligi yuqori bo’lsa to’qimalar va a’zolarda yemiruvchi o’zgarishlarga olib keladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -модул. 12-mavzu. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri

    Download 6,07 Mb.