|
Yuzaga kelish sabablari va manbalari
|
bet | 90/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh2.Yuzaga kelish sabablari va manbalari.
Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni tugri tanlash, eyilgan detallarni o`z vaqtida almashtirish va shu kabi yo’llar orsali amalga oshiriladi.
Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin xosil buladi. Bundan tashkari, bunday shovqinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va ichki enuv dvigatellarini ishlashi vaktida xam yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyukliklarni uyurmasimon xarakati natijasida sodir bulganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samada bermaydi. SHu sababli bunday shovqinlar darajasi shovqin yo`liga shovqin susaytirgichlar (“glushitel”) o`rnatish orqali kamaytiriladi.
Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit xarakterdagi shovqinlar yuzaga keladi. Bunday shovqinlar xosil bulishining asosiy sababi-uzgaruvchan magnit maydonlari ta’sirida ferromagnit massalarning titrashi xisoblanadi. Transformatorlardagi bunday shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni pasaytiruvchi, yutuvchi) materiallardan foydalanish orkali kamaytiriladi.
SHovqin va titrashni tasniflash, muhofaza chora-tadbirlarini belgilash.
SHovqin va titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi kurash chora – tadbirlar ko’rib qo’yilishi shartdir.
Bunda asosan, sershovqin tsexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka tomonlariga joylashtirish, sershovqin tsexlarni boshqasidan tovush o’tkazmaydigan to’siqlar bilan to’sish, sershov-qin binolarning eshik va derazalarini maxsus tovush o’tkazmaydigan maxsus materiallardan tayyorlangan bo’lishi zarur.
SHovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o’zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o’rnatish, o’z vaqtida ta’mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija beradi.
Ba’zi qurilmalar tovush to’lqinlari quvvatini tarqatib yuborish xususiyatiga ega.
SHovqin to’lqinlari g’ovaksimon shovqin yutuvchi materiallar yuzasiga tushgach, shovqin quvvatini ko’pgina qismi tor g’ovakdagi havoni tebranma harakatga keltirish uchun sarflanadi. G’ovaklardagi havo qisilib isiydi va natijada shovqin quvvati issiqlik quvvatiga aylanishi natijasida tashqi muhitga tarqalib shovqin yo’qoladi.
SHovqinga qarshi kurashning yana bir usuli, texnologik jarayonlarni to’g’ri tanlash, mashina, jihoz, uskunalarning va texnologik jarayonlarni quyi kuchlanishda ishlashini ta’minlash, ularni sifatli yig’ish hamda o’z vaqtida ta’mirlash ishlarini bajarish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
|
| |