• Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
  • Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari




    Download 6,07 Mb.
    bet86/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari.
    Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o’ringa ega hisoblanadi. Ko’rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko’z orqali olinadi.
    Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Yorug’lik ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko’zga to’g’ridan-to’g’ri tushmasligi kerak.
    Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to’g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo’lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgartirib turishi natijasida ko’zining akkomodatsiya xususiyati buzilib, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
    SHuning uchun ham korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.
    Me’yoriy talablar darajasida yoritilgan hududlarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo’ladi, shuningdek xavfsiz mehnat sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi.
    Inson ko’zi orqali binafsha rangdan to qizil ranggacha bo’lgan yorug’lik nurlarini sezadi. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
    Son ko’rsatkichlariga nur oqimi (lm), yorug’lik kuchi kandela (kd), yoritilganlik (lyuks), nur qaytarish koeffitsientlari kiradi.
    Yuzaga tushayotgan nur oqimi shu yuzadan qaytsa, bu nur qaytarish koeffitsienti bilan belgilanadi(0,02-0,95 gacha)*.
    Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
    Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo’ladi.
    2. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar.
    Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda yeru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir.
    Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo’lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk ga tengdir.
    Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o’ta foydali ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo’lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega.
    Tabiiy yorug’likdan uch xil moslamalar yordamida, ya’ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
    -yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo’naltirilgan yoki tarqoq hollarda bo’lishligini ta’minlanishi;
    -insolyatsiya va yorug’lik me’yorlaridan kam bo’lmasligini ta’minlanishi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari

    Download 6,07 Mb.