• 5. Aralash yorug’lik
  • 2-модул.11-mavzu. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash Reja
  • Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´siri.
  • Tayanch iboralarning tasnifi




    Download 6,07 Mb.
    bet89/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Tayanch iboralarning tasnifi
    1. Tabiiy yoritilganlik - quyoshdan hamda yeru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir.
    2. Su’niy yoritilganlik – inson ixtirosining mahsulidir.
    3. Umumiy yorug’lik - binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi.
    4. Mahalliy yorug’lik - faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi darajasida ta’minlaydi.
    5. Aralash yorug’lik - mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo’llanilganligidir.


    Nazorat savollari

    1. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari qanday bo`lishi kekak?

    2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlarini ayting.

    3. Tabiiy yoritilganlikni me’yorlash va hisoblashni qanday usullari bor?

    4. Sun’iy yoritilganlikni me’yorlash va hisoblash usullari qanday usullari bor?

    5. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar va yoritish vositalari haqida nima bilasiz?

    2-модул.11-mavzu. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash
    Reja:

    1. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Ularning inson organizmiga zararli ta´siri.

    2. Yuzaga kelish sabablari va manbalari.

    3. SHovqin va titrashni tasniflash, muhofaza chora-tadbirlarini belgilash.

    4. Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta´siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari.




    1. Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´siri.

    SHovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
    Me’yordan yuqori, uzoq ta’sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir. SHovqin ish unumdorligini 10-60% ga pasaytiradi.
    Hisob ishlarida xatolarni 50% gacha oshirib yuboradi. SHovqinli tsexlardagi umumiy kasallanish, kam shovqinli tsexlarga nisbatan 20-30% ko’proq.
    Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga shovqin deb ataladi.
    Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.
    Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gts.gacha bo’lgan to’lqinlarini eshitadi. 15 Gts. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gts. dan yuqorisi esa ulьtratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko’rsatadi.
    Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkam-ligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir.
    Titrash ta’sirida inson tanasidagi a’zolarning funktsional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a’zolarida salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Uning za-rarli ta’siri charchash, boshning, panja va suyak bo’g’inlarining og’rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo’ladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og’ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo’qolishiga olib keladi. SHovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPiN N0067-96 berilgan.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   309




    Download 6,07 Mb.