|
-модул. 10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi
|
bet | 85/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh2-модул. 10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi
Reja:
Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish tizimi, ularning turlari, umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati.
Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Tabiiy va sun’iy yoritish. Yoritishga qo’yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari va turlari.
1.Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati.
Ishlab chiqarishda shamollatish - bu davlat standarti talabiga mos holda, xonalardan ortiqcha issiqlikni, namlikni, changlarni, zararli gazlar va bug’larni chiqarish va mikroiqlimni yaratish uchun zarur qurilmalar sistemasidir.
1-rasm. Havoni kiritish va chiqarish mexanik shamollatkichlari. 1-havo qabul kilgich; 2-havo uzatkichlar; 3-filьtr; 4-kalorifer; 5-markazdan qochma shamollatkich; 6-havoni xonaga kiritish teshiklari; 7-havoni xonadan chiqarish teshiklari; 8-rostlash klapani; 9-havoni chiqarish qurilmasi; 10-havo aylanishini ta’minlovchi uzatish qurilmasi; 11-xona.
Xonalardagi havo almashinuvini ichki va tashqi havo harorati va bosimni farqi hisobiga tabiiy yo’l bilan darchalardan va shu maqsaddagi quvurlar orqali amalga oshiriladi. Bunday shamollatish tabiiy shamollatish yoki aeratsiya deyiladi. SHamollatkichlar xonaga havoni uzatishi va xonadan havoni chiqarishi yoki bir vaqtda buning har ikkalasini amalga oshirishi mumkin (1-rasm).
Mexanik shamollatish havo almashinishi uchun elektr energiyasidan foydalaniladi, u ventilyatorni harakatga keltiradi. Havoning o’zining o’qi yo’nalishida yoki markazdan qochma yo’nalishda xarakatga keltiradigan ventilyator turlari bor.
SHamollatish uchun asosan ikkinchi turi ishlatiladi. (2- rasm).
2-rasm. SHamollatgichlar a-markazdan qochma; b-o’q bo’ylab; 1-stanina; 2-podshipnik; 3-shkiv; 4-chiqaruvchi teshik; 5-kirituvchi teshik; 6-simvalsimon qobiq; 7-ishlovchi g’ildirak; 8-bel kuraklar; 9-gupchak; 10-parraklar; 11-muxofaza qoplama; 12-elektroyuritgich.
Mexanik shamollatish ishchi binolar ichida harorat va havo namligin i bir xil tutib turish va zarur bo’lganda shamollatish tizimining ish rejimini avtomat tarzda rostlash uchun xizmat qiladi (2-rasm). Ishlab chiqarish va sanitariya-gigienik me’yorlarining talablariga qarab, ichkariga haydaladigan havoni qizdirish, sovutish yoki namlash mumkin; tashqariga haydaladigan havoni esa chang va gazlardan tozalash mumkin.
Bajaradigan vazifasiga qarab shamollatish quyidagi turlarga bo’linadi: shamollatkichlar ishlatish joyiga qarab umumiy va mahalliy shamollatkichlarga bo’linadi.
3-rasm. So’rish qurilmasi. CHapdagi -to’g’ri; o’ngdagi -noto’g’ri.
Umumlashtiruvchi shamollatkich butun xonadagi havoni almashtirsa, mahalliy shamollatkich esa maьlum bir joylardagi havoni almashtiradi (3-rasm). SHamollatkichning samaradorligi shamollatish qurilmasining quvvatiga va havo almashtirishni tashkil etishning ma’lum qoidalariga rioya qilishga bog’liq bo’ladi.
Xonadan chiqarilayotgan havoni bevosita zararliliklar ajralayotgan joydan yoki ifloslangan zonadan olish kerak. Bunda xonadan chiqarilayotgan iflos havo oqimini odamlar nafas oladigan zona orqali yoki odamlar tez-tez bo’ladigan zonadan o’tishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Xonadan tashqariga chiqariladigan iflos havoni shamol oqimi yaxshi bo’lgan tomonga chiqarish lozim.
|
| |