• Ishlab chiqarish changlari moddalarining inson organizmiga salbiy ta’siri.
  • -модул. 9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar




    Download 6,07 Mb.
    bet81/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    2-модул. 9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.
    Reja:

    1. Ishlab chiqarish changlari moddalarining inson organizmiga salbiy ta’siri

    2. Changlarga qarshi chora-tadbirlar

    3. Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari

    4. Ishlab chiqarishda zaharli omillar va ulardan himoyalanish usullari




    1. Ishlab chiqarish changlari moddalarining inson organizmiga salbiy ta’siri.

    Ishlab chiqarishdagi ko’pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. SHu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi va havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda ( 1m3 toza havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg. gacha) changlar bo’ladi. CHanglar ko’rinishi va tarkibiga bog’liq holda quyidagi guruxlarga bo’linadi: organiq, noorganiq (mineral) va metall changlari.
    Yirik changlar nafas olganda burun bo’shlig’ida kolib, o’pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan, ulchami 10 mk. dan kichik bo’lgan changlar) nafas orqali burun bo’shlig’idan o’tib, o’pkaga o’rnashadi va vaqt o’tishi bilan turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniksa diametri 0,3 mikrometrdan kichik changlar qonga tushishi ham mumkin. CHanglar o’z zarrachalari yuzasida turli xil zararli moddalar (mishyak, berilliy, kadmiy, nikel, qo’rg’oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy va b.) bilan bog’lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo’ladi.
    Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida ayniqsa metall changlari, jumladan qo’rg’oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo’rg’oshin changlarining havo tarkibidagi juda oz qontsentratsiyasi ham inson sog’ligiga salbiy ta’sir etadi. Masalan, 100 ml. qon tarkibida 35 mkg. qo’rg’oshin bulishi insonning bosh miyasi funktsiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashkari qo’rg’oshin qonda gemoglobin sintezining buzilishiga, muskul sistemalarini susayishidan tortib shol (paralich) bo’lishigacha, jigar, buyrak va miya faoliyatini buzilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda jahon bo’yicha 3,3 mln. tonna qo’rg’oshin ishlab chiqarilmokda. Faqatgina avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan havoga har yili 250 ming tonna qo’rg’oshin chiqarilmokda. Amerikalik olimlar tomonidan bundan 1600 yil oldin yashagan janubiy Amerika tub aholisining suyak skeleti tarkibidagi qo’rg’oshin miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak skeletidagi qo’rg’oshin miqdoriga taqqoslanganda, bu miqdor hozirgi zamon odamlarida 700-1200 marta ko’p ekanligi aniqlangan.
    Bundan tashqari qora metallurgiya, kurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va kishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organiq va noorganiq changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.


    1. Download 6,07 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -модул. 9-mavzu. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar

    Download 6,07 Mb.