• III - og’ir ishlar .
  • Operator - texnolog.
  • Operator - manipulyator
  • Operator - nazoratchi
  • Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri




    Download 6,07 Mb.
    bet78/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri.
    Inson faoliyati turli-tuman xarakterlarga ega. SHunga qaramasdan uni uch asosiy guruhga bo’lish mumkin: jismoniy, jismoniy mehnatningmexanizatsiyalashgan formasi, agliy mehnat.
    Jismoniy mehnat.Jismoniy mehnat (ish) deb “Inson-mehnat quroli” tizimida energetik funktsiyalarni bajarishiga aytiladi. U muskullar aktivligini ko’proq talab qiladi va dinamik hamda statik turlarga bo’linadi. Dinamik ish inson tanasi, qo’llari, oyoqlari, barmoqlarining fazoda harakatlanishi bilan ifodalansa, statik ishda turib yoki o’tirib ishlaganda kuchlanish tananing, qo’l va oyoqlarining mushaklariga tushishi bilan bog’liq.
    Jismoniy ishning og’irligi tananing energiya sarfi bilan aniqlanadi va quyidagi uch: I - yengil, II - o’rta og’irlikdagi va III - og’ir kategoriyalariga bo’linadi.
    I – yengil ishlar o’z navbatida;
    Ia – energiya sarfi 139 Vt gacha bo’lgan, o’tirib, bir oz jismoniy zo’riqish bilan bajariladigan ishlar;
    Ib – energiya sarfi 140 - 174 Vt oralig’ida bo’lgan, o’tirib, turib yoki yurib yengil jismoniy zo’riqish bilan bajariladigan ishlarga bo’linadi.
    II – o’rta og’irlikdagi ishlarham;
    IIa – energiya sarfi 175-232 Vt oralig’ida bo’lib, muntazam yurib, o’tirgan yoki turgan holda, og’irligi 1 kg gacha bo’lgan mayda jism va mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olish va ma’lum jismoniy zo’riqish talab qiladigan ishlar;
    IIb – energiya sarfi 233-290 Vt oralig’ida bo’lib, yurib bajariladigan, og’irligi 10 kg gacha bo’lgan yuklarni tashish va sezilarli jismoniy zo’riqish talab qiladigan ishlar.
    III - og’ir ishlar. Bunga energiya sarfi 290 Vt dan yuqori, og’irligi 10 kg dan ortiq bo’lgan yuklarni muntazam ravishda bir joydan ikkinchi joyga olish, tashish, ko’tarish va katta jismoniy zo’riqish talab qiladigan ishlar kiradi.
    Jismoniy mehnatning mexanizatsiyalashgan formasi.
    Odamning hozirgi mehnat faoliyatiga faqat jismoniy mehnat, kam foizni tashkil etadi. Mehnat faoliyatining mavjud fiziologik tasnifiga binoan u quyidagi turlarga ajratiladi:
    -mushaklar aktivligini talab qiluvchi mehnat turi. Bu turdagi ish faoliyati ishlarni bajarishda mexanizatsiyalashgan vositalarning yo’qligi va katta energetik zo’riqishlar talab kiladigan ishlar.
    -mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu ish turinig o’ziga xos tomoni shundaki, bunda mushaklarga tushadigan zo’riqish xarakteri o’zgaradi va harakatlar dasturi murakkablashadi. Mushaklar faoliyati hajmi kamayishi kuzatiladi, mexanizmlarni boshqarishda zarur bo’lgan, katta tezlik va harakat aniqligi talab kiladigan, tana a’zolarining (qo’l, oyoq) kichik mushaklari jalb qilinadi. Harakatlarning bir xilligi, qabul qilinayotgan informatsiya hajmining ozligi ishchini tez charchashiga olib keladi.
    -yarim avtomatlashgan va avtomatlashgan ishlab chiqarish bilan bog’liq mehnat turi. Bu ish turida odam xom ashyoga bevosita ishlov berishdan ozod bo’ladi, uni mexanizm yelkasiga yuklanadi. Bunda odamning vazifasi mexanizmni boshqarish bo’yicha oddiy operatsiyalarni (xom ashyo uzatish, mexanizmni ishga tushirish, tayyor mahsulotni olish) bajarish bilan chegaralanadi. Bu mehnat turining o’ziga xosligi bir xillik (monotonlik), jadallik va ritmning yuqoriligi, ijodiy yondoshish zaruratining yo’qligidir.
    -guruhli mehnat turi-konveer. Mehnatning bu turi texnologik jarayonning alohida - alohida mayda qismlarga bo’linishi, operatsiyalarning qat’iy ketma-ketligi va oldindan belgilab qo’yilgan ritmi, detallarni konveer bilan ish joyiga avtomatik yetkazib berilishi bilan xarakterlanadi. Operatsiyalarni bajarish vaqti qisqarishi bilan mehnat monotonligi ortadi, bu esa o’z navbatida tez charchashga va asabiy zo’riqishga olib keladi.
    -masofadan (distantsion) boshqarish bilan bog’liq mehnat turi. Mehnatning bu turida odam boshqaruv sistemasining zarur operativ zvenosi sifatida ishtirok etadi. Boshqaruv jarayoni avtomatlashtirish darajasi ortib borgan sari unga tushadigan kuchlanish kamayib boradi. Texnologik jarayonni boshqarishning har xil turlari mavjud. Masalan: ayrimlarida operatorning muntazam aktiv aralashuvi talab qilinsa, ayrimlarida bu jarayon zpizotik xarakterga ega bo’lib, asosan, asboblar ko’rsatkichlarini nazorat qilishdan iborat bo’ladi. Har ikkala holda ham zarurat tug’ilganda texnologik jarayonni boshqarishga tayyor bo’lish talab qilinadi.
    Hozirgi paytda "Inson - mashina" tizimida odam (operator) ham aqliy, ham jismoniy mehnat qiladi.Bunda borgan sari aqliy mehnat salmog’i ortib borayapti. Operator faoliyati quyidagi jarayonlardan biri bo’yicha amalga oshadi:

    • Determinatsiyalashgan–avvaldan ma’lum qoidalar, yo’riqnomalar, algoritmlar, aniq texnologik grafiklar va sh.o’.

    • Determinatsiyalashmagan–texnologik jarayonda kutilmagan hodisalarning ro’y berishi, kutilmaganda signallar paydo bo’lishi va h.k., shu bilan birga ularni boshqarish amallari ma’lum bo’lgan hollar.

    Texnik sistemalarda operator faoliyatining bir nechta turlari mavjud bo’lib, uning ishi aqliy va jismoniy yuklamaning hissasiga bog’liq.
    Operator - texnolog. Texnologik jarayonda bevosita ishtirok etadi, uni zudlik bilan bajarish rejimida ishlaydi, aksar ijro harakatlari bilan bog’liq. Vaziyat va yechimlar to’liq ko’rsatilgan yo’riqnoma va reglamentlarga amal qiladi. Bu - texnologik jarayonlar, avtomatik liniyalar va boshqalarning operatorlaridir. Bunda aqliy mehnat asosiy o’rin egallaydi.
    Operator - manipulyator (mashinist). Uning asosiy faoliyati ijro bilan bog’liq bo’lib unda aqliy mehnat hissasi ko’p emas. Masalan, mashinani xom-ashyo bilan ta’minlash, tayyor mahsulotni olish, chiqindilarni yig’ib olish, yurg’azish, to’xtatish va sh.o’. ishlar. Umumiy qilib aytganda ularning vazifasi alohida uskuna va mexanizmlarni boshqarishdir.
    Operator - nazoratchi (masalan, texnologik tizim yoki transport sistemasi dispetcheri). Uning faoliyatida axborot va mohiyatni harakterlovchi modellar asosiy o’rin egallaydi. Bunda operator zudlik bilan bajariladigan va vaqt bo’yicha bir muncha surilgan rejimda ishlaydi. Uning faoliyatida texnologik jarayonni yaxshi bilish va malaka asosiy o’rin egallaydi. Jismoniy mehnat bu yerda kam rol o’ynaydi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri

    Download 6,07 Mb.