|
-rasm. Mehnat sharoitlari sinflari
|
bet | 76/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh2-rasm. Mehnat sharoitlari sinflari
2-daraja (3.2). Qat’iy funktsional o’zgarishlarga va kasallanishning ortishiga olib keladi;
3-daraja (3.3). Yengil formadagi kasbiy patologiyaning aniq belgilari paydo bo’lishi, surunkali kasalliklarning ortishiga olib keladi;
4-daraja (3.4). Kasbiy kasalliklarning aniq belgilari paydo bo’lishi, surunkali kasalliklarning sezilarli ortishi va umumiy kasallanishning ko’payishiga olib keladi;
4 - sinf - xavfli (ekstremal) mehnat sharoiti. Bunda ishlab chiqarish omillarining ish smenasi yoki uning bir qismidagi ta’siri kishi hayotiga xavf solishi yoki o’tkir kasbiy kasalliklarning og’ir formasini paydo bo’lishi xavfi yuqori bo’ladi.
Ish o’rnidagi zararli ishlab chiqarish omillari (ZIO) va xavfli ishlab chiqarish omillari (XIO), haqiqatda, me’yorlardan qancha ortib ketganiga qarab mehnat sharoitlarining sinfi aniqlanadi.
Xavfsizlikni ta’minlash usul va vositalarini tanlash u yoki bu ishlab chiqarish uskunasiga yoki texnik jarayonga xos ZIO va XIO asosida amalga oshiriladi. Xavfni ko’ra bilish va uning tavsiflarini aniqlash juda muhim ish.
ZIO va XIOlardan himoyalanish uchun avvalo ularning manbaadagi darajasini pasaytirish kerak; buning uchun tegishli profilaktik va ogohlantiruvchi tadbirlari qo’llanadi. Bunda ishlovchilarning vakolati xavfsizlikni ta’minlashning zaruriy sharti bo’ladi.
ZIO va XIO lar ishlovchiga ta’sir etadigan fazo-xavfli zona deyiladi.
Zararli ishlab chiqarish omillari (ZIO) ishlayotgan odamga ta’sir etib, uning ishlash qobiliyatini pasaytiradi, surunkali kasb kasalligini keltirib chiqarishi mumkin; ishlab chiqarishning xavfli omillari (XIO) esa odamni jarohatlaydi yoki sog’lig’iga keskin ta’sir etadi (o’tkir kasallanish ro’y beradi).
Mehnatni to’g’ri tashkil etish kishi organizmiga ijobiy ta’sir etib, unda yengillik va kuch kuvvatni oshiradi. Inson fiziologiyasini o’rganish esa normal ish rejimini tashkil kilishga, mehnat qobiliyatini oshirishga va turli ishlarni bajarayotganda ishchi qanday holatda bo’lishi zarurligini aniqlashga yordam beradi.
|
| |