• Mehnat sharoiti
  • 2-sinf - yo’l qo’ysa bo’ladigan mehnat sharoiti.
  • 3-sinf - zararli mehnat sharoiti.
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet75/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Mehnat sharoiti - bu mehnat jarayonida kishi sog’lig’iga va ish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish va mehnat jarayoni omillari yig’indisidir.
    Mehnat sharoitlari mehnat kilish jarayonini, ya’ni bajarilayotgan ishlarning jadalligini ish davomida kishi gavdasining holati, asablarning psixologik zo’riqish darajasi, organizmdagi ba’zi organlar zo’riqishini belgilovchi kishi harakatining harakteri va atrof-muhitning ahvoliga qarab aniqlanadi.
    Mehnat sharoitlarini shakllantiruvchi omillarni asosan, to’rt guruhga ajratish mumkin.
    Birinchi guruh omillar – atrof muhitning sanitariya – gigiena holati. Bularga havo harorati, atrof-muhitning tozaligi (toza, changlangan, boshka zararli moddalar bilan ifloslangan va b.), yorug’lik va shovqin darajasi va boshqalar kiradi.
    Ikkinchi guruh omillarga–mehnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina mexanizmlar, asbob-uskunalar va moslamalar kiradi.
    Uchinchi guruh omillarga-tashkiliy tadbirlar, ya’ni ish va dam olish rejimini to’g’ri tashkil etish, mehnat taqsimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi.
    To’rtinchi guruhomillar-odamlarning o’zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo’lgan munosabatlari bilan bog’liq ijtimoiy omillarni o’z ichiga oladi.
    Ishning og’irligi jismoniy mehnat xarakteristikasi hisoblanadi.
    Ishning tangligi (zo’riqish) esa aqliy mehnatni xarakterlaydi. U axborot yuklamasi kattaligi bilan xarakterlanadi.
    Mehnat sharoiti quyidagi to’rt sinfga bo’linadi:
    1 - sinf - eng maqbul (komfort) mehnat sharoiti. Bunda organizmning minimal zo’riqishida maksimal ish unumdorligiga erishiladi. Bu sinf faqat mikroiqlim kattaliklari va mehnat jarayonida omillar uchun shartli ravishda aholiga nohush ta’sir qilmaydigan, yo’l qo’ysa bo’ladigan chegaradagi qiymatlari komfort sharoit deb qabul qilingan.
    2-sinf - yo’l qo’ysa bo’ladigan mehnat sharoiti. Bunda muhit va ish jarayoni omillari sathi ish joylari uchun belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmaydi. Bunda ish jarayonida organizmda bo’lishi mumkin -bo’lgan funktsional o’zgarishlar dam olish yoki kelasi smenaga ishga tushguncha tiklanadi va ishchining sog’lig’iga va nasliga yaqin va uzoq kelajakda nohush ta’sir qilmaydi. Komfort va yo’l qo’ysa bo’ladigan mehnat sharoitlari xavfsizdir
    3-sinf - zararli mehnat sharoiti. Bunda odam organizmi va
    zurriyotiga nohush ta’sir ko’rsatadigan va gigienik me’yorlardan katta bo’lgan ishlab chiqarish omillari mavjud bo’ladi. Zararliligi bo’yicha ushbu sinf omillari to’rt darajaga bo’linadi (2-rasm):
    1-daraja (3.1). Organizmda tiklanishi mumkin bo’lgan funktsional o’zgarishlarni keltirib chiqaradi;




    Download 6,07 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   309




    Download 6,07 Mb.