|
Inson mehnat faoliyatiga ta´sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari
|
bet | 77/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh2. Inson mehnat faoliyatiga ta´sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.
GOST 12.0.003-91- “Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari”ga ko’ra, bu xavflar to’rt guruhga bo’linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
Ishlab chiqarishning xavfli fizik omillari: harakatdagi mashina va mexanizmlar; ko’tarish-tashish uskunalari va yuklarni harakatlantiruvchi uskunalar; ishlab chiqarish uskunalarining to’siqsiz elementlari (yurituvchi va uzatuvchi mexanizmlar, qirquvchi asboblar, aylanadigan va suriladigan moslamalar va shu kabilar); ishlov berilayotgan materialdan va asbobdan sachrab chiquvchi zarralar, elektr toki, ishlov berayotganda hosil bo’ladigan katta harorat va boshqalar.
Ishlab chiqarishning zararli fizik omillari: ishchi zona havosining oshib yoki pasayib ketgan harorati; havoning yuqori namligi va tezligi; shovqin, titrash, ulьtratovush va turli nurlanishlar; issiqlik, ionlovchi, elektromagnit, infraqizil va boshqalar darajasining ortib ketishi; ish zonasi havosining changliligi va zararli gazlari; ish joyi, yurish yo’llari yetarlicha yoritilmaganligi; yorug’likning ortiqcha yorqinligi va nur oqimining pulьsatsiyalanishi.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli kimyoviy omillari: odam organizmiga ta’siriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: umum zaharlovchi, qo’zg’atuvchi, sensibilli (allergik kasallarni keltirib chiqaruvchi) , kantserogen (shish paydo qiluvchi), mutagenli (organizmning irsiyatiga ta’sir etuvchi) va nasl qoldirish qobiliyatiga ta’sir etuvchi. Bu guruhga agressiv suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar) kiradi; ular terini kuydiradi.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli biologik omillariga mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar), makroorganizmlar (o’simliklar va hayvonlar) kiradi; ular odamga jarohat yetkazish yoki uni kasal qilishi mumkin.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli psixo-fiziologik omillariga jismoniy zo’riqish (statik va dinamik), asab-psixik zo’riqish (aqliy zo’riqish, eshitish, ko’rish a’zolarining charchashi) kiradi.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari o’rtasida ma’lum bog’lanish mavjud. Ko’p holatlarda zararli omillar xavflisini keltirib chiqaradi. Masalan: ishlab chiqarish binosidagi havoning o’ta namligi va tok o’tkazuvchi changning borligi (bular – zararli omillar) odamni tok urish xavfini (xavfli omil) kuchaytiradi. ZIO ning ishlovchilarga ta’sir darajasi chegaraviy-ruxsat etilgan (joiz) qiymatlar bilan me’yorlangan, ular mehnat muxofazasi standartlarida va sanitariya-gigiena qoidalarida ko’rsatilgan. ZIOning chegaraviy joiz qiymati GOST 12.0.002-80 da ko’rsatilgan bo’lib, u har kuni, ma’lum muddat ta’sir etganida, odamning butun mehnat staji davomida ish qobiliyatini pasaytirmasligi va kasallik keltirib chiqarmasligi kerak, keyingi hayoti davomida ham kasal qilmasligi, naslining sog’lig’ida asorat qoldirmasligi kerak.
|
| |