• Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobiliyatini pasayishi va zo´riqishi.
  • Aqliy mehnat (intellektual faoliyat)




    Download 6,07 Mb.
    bet79/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Aqliy mehnat (intellektual faoliyat).
    Bu mehnat axborot qabul qilish, uni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lib, qattiq fikrlash va miyaning zo’riqish jarayonlari bilan kechadi (boshqaruv, ijod, o’qitish, fan, o’qish va h.k.).
    Operator mehnati - katta mas’uliyat va yuqori asabiy zo’riqish talab qilishi bilan ajralib turadi.
    Boshqaruv mehnati - axborot hajmini keskin ortishi, uni qayta ishlashda vaqt tangligi, qaror qabul qilishda shaxsiy mas’uliyatning yuqoriligi, vaqti-vaqti bilan konflikt vaziyatlarning paydo bo’lib turishi bilan harakterlanadi.
    Ijodiy mehnat - katta eslab qolish hajmi, diqqatning zo’riqishi, asab sistemasining zo’riqishi bilan harakterlanadi.
    O’qituvchi mehnati - odamlar bilan uzluksiz muloqotda bo’lish; javobgarlikning yuqoriligi, qaror qabul qilishda axborot va vaqtning yetishmasligi - bu asab sistemasining zo’riqishiga olib keladi.
    O’quvchi mehnati - fikrlash, diqqat, eslab qolish, stress hollarining mavjudligi bilan harakterlanadi.
    Kishi aqliy mehnat bilan shug’ullanganda asabiy-hissiy kuchlanish paytida insonning vegetativ funktsiyalarida qon bosimining ortishi, EKGdagi o’zgarishlar, o’pka ventilyatsiyasining va kislorod talabining ortishi, tana haroratining ko’tarilishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi. Aqliy mehnat tugagandan keyin charchoq jismoniy mehnatga nisbatan ancha vaqtgacha davom etadi.
    Texnik sistemalarni boshqarishda rahbar texnik sistemalarning komponentlarini emas, balki odamlarni boshqaradi. Boshqaruv esa bevosita yoki bilvosita texnik vositalar va aloqa kanallari orqali olib boriladi. Bu kategoriyaga tashkilotchilar, turli idoralardagi rahbarlar, tegishli bilimga va malakaga ega bo’lgan, mas’ul qarorlar qabul qiladigan shaxslar kiradi. Ular nafaqat boshqarilayotgan texnik sistemalarning va ularning komponentlari imkoniyatlarini, balki, qo’l ostilaridagi insonlarning imkoniyatlarini, kamchiliklari va xatto kayfiyatlarini ham bilishlari va hisobga olishlari kerak.

    1. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobiliyatini pasayishi va zo´riqishi.

    Kishi mehnat faoliyatining asosiy ko’rsatkichi ishlash qobiliyatidir. Ishlash qobiliyati kishining ma’lum vaqt ichida miqdor va sifat bilan belgilanadigan faoliyat ko’rsata olish imkoniyatidir.
    Mehnat faoliyati davomida organizmning ishlash qobiliyati o’zgarib turadi. Ish kuni davomida ishlash qobiliyati o’zgarishi bir necha fazalarga ega bo’ladi:

    • ishlash qobiliyatining orta borish fazasi. Bu faza mehnat xarakteriga va odamning shaxsiy xususiyatlariga qarab bir necha minutdan 1,5 soatgacha, aqliy, ijodiy mehnatda esa - 2.-2,5 soatgacha davom etadi.

    • ishlash qobiliyatining yuqori barqarorlik fazasi. Bu faza nisbatan barqarorlik bilan yuqori mehnat ko’rsatkichlariga erishishda harakterlanadi. Bu fazaishning og’irligi va jadalligiga qarab 2-2,5 soat va undan ko’p davom etadi.

    • ishlash qobiliyatining pasayish fazasi. Bu faza charchash hissiyoti bilan kechadigan inson organizmi funktsional imkoniyatlarining pasayish;

    Ishlash qobiliyati dinamikasi tushlikdan so’ng yana qaytariladi. Bunda ishlash qobiliyatining orta borish fazasi tezroq kechadi, yuqori barqarorlik fazasi esa unchalik yuqori emas va qisqarok bo’ladi. Smenaning ikkinchi yarmida ishlash qobiliyatining pasayishi charchash hisobiga tezroq kechadi.
    Toliqish - charchash hissiyoti bilan birga kechadigan holat. Bu holat uzoq vaqt jadal faoliyat natijasida paydo bo’ladi va unda ishning miqdor va sifat ko’rsatkichlari pasayadi. Dam olgandan so’ng o’tib ketadi.
    Toliqish organizmning qayta tiklanadigan fiziologik holatidir. Lekin, ishlash qobiliyati kelgusi ish vaqtigacha tiklanmasa, toliqish yig’ilib boradi va o’ta toliqish holatiga o’tadi.
    Organizmning o’ta toliqish holati kelajakda kasalliklarning rivojlanishiga olib boradigan, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshiligini pasaytiradigan, ishlash qobiliyatini pasaytirib yuboradigan holatdir. Ishlab chiqarishda toliqish va o’ta toliqish jarohatlarning ko’payishiga sabab bo’lishi mumkin.
    Toliqish tez va sekin-asta kechishi mumkin. Birinchisi og’ir va jadal jismoniy ishlarda kuzatiladi. Bu toliqish tez o’tib ketadi. Sekin-asta toliqish, ayniqsa aqliy mehnatdan toliqish uzoq muddatga davom etadi. (shuning uchun o’quvchilarga 3 oy kanikul va o’qituvchilarga 48 ish kuni hisobidan ta’til beriladi).
    Toliqishning jismoniy va aqliy mehnat turlaridagi fiziologik ko’rinishi o’xshash va bir-biriga bog’liq. Masalan, og’ir jismoniy mehnatdan toliqqanda aqliy mehnat mahsuldorligi pasayadi va aksincha aqliy mehnatdan toliqqanda, jismoniy ishlash qobiliyati ham pasayadi. Aqliy toliqishda diqqatning pasayishi, eslash va fikrlash qobiliyatining sustlashishi va harakatlarning noaniqligi kuzatiladi.
    SHu o’rinda mashxur rus tibbiyot olimi I.M.Sechenovning toliqish haqida aytgan so’zi o’rinlidir: “Toliqqan mushaklar o’zining ishlash qobiliyatini butkul tinch holatda bo’lishi bilan emas, balki boshqa mushaklar guruhining ishlashi bilan tiklaydi”.
    Mehnat sharoitlarini to’g’ri tashkil etish mehnat qobiliyatini saqlagan holda ishchiga bajarayotgan ishidan qoniqish va zavq olish, ko’tarinki kayfiyat berib, ish sifatini ta’minlaydi.

    1. Texnosferada havo muhitining ko´rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta´siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me´yorlari, ularning inson organizmiga ta´siri. Ishlab chiqarishda mo´tadil ob-havo sharoitini yaratish.

    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiklimi ishchining sog’ligiga va ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish xonalarining mikroiklimi xona havosining harorati, nisbiy namligi, havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi orqali harakterlanadi. Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko’rsatkichlarning miqdori keng oraliqda o’zgarib turishi mumkin. Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki issiq davriga, texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog’liq bo’ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida mikroiqlim holatini harakterlovchi ushbu ko’rsatkichlarning optimal miqdorlari o’rnatilgan bo’lib, bu sharoitda ishchi o’zining barcha imkoniyatlarini ishga solish imkoniyatiga ega bo’ladi. Vaholanki, mikroiklim ko’rsatkichlarini belgilangan me’yordan chetga chiqishi ishchining sog’ligiga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.
    Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi haroratining yuqori bo’lishi inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi kuchayadi, kishining e’tibori hamda ko’rish va eshitish a’zolarining reaktsiya tezligi susayadi.
    Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog’ligiga katta salbiy ta’sir kursatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini susayishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish yo’llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
    Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi. Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo’lsa havo dim bo’ladi, 0,25 m/s dan ortiq bo’lsa yelvizak bo’ladi. Ma’lumki, ikkala holatda ham inson sog’lig’i va ish qobiliyati yomonlashadi.
    Yuqoridagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish honalarining mikroiqlim holatini me’yoriy miqdorlari GOST 12.1.005-76 «Ish joyining havosi. Umumiy sanitar-gigienik talablar» bo’yicha o’rnatilishi talab etiladi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aqliy mehnat (intellektual faoliyat)

    Download 6,07 Mb.