• Yoritilganlikka bo’lgan sanitar-gigieniktalablar
  • Hayot faoliyati xavfsizlig




    Download 6,07 Mb.
    bet87/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Sun’iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash ko’rinishda bo’ladi:

    • Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta’minlay oladi;

    • Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi darajasida ta’minlaydi;

    • Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo’llanilganligidir.

    Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to’la qondira oladi.
    Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo’ladi.
    Agar tabiiy yorug’lik binolarni yoritish uchun yetarli bo’lmasa, bunday hollarda, sun’iy yorug’lik bilan to’ldiriladi.
    Sun’iy yorug’likni me’yorlashdan maqsad biror bir yuzani yoritish uchun gigiena nuqtai nazaridan eng kamida ruxsat etilgan minimal yorug’lik miqdori bilan ta’minlashdir.
    Yoritilganlikka bo’lgan sanitar-gigieniktalablar
    Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-xodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bo’lishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:

    • yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo’lishi;

    • bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi yetarlicha bo’lishi hamda gigiena talablariga mos kelishi;

    • ish joyida to’g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo’lmasligi;

    • me’yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o’rnatilishi;

    • xavfli ish o’rinlari yuqori darajada yoritilgan bo’lishi;

    • yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya’ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo’lmasligi;

    • nazorat o’lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;

    • yoritilish bir tekis va turg’un bo’lishi, soyalar hosil qilmasligi darkor. Aks holda inson ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgarib turishi natijasida, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.


    Download 6,07 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   309




    Download 6,07 Mb.