Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet88/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   309
Bog'liq
hfh

3.Yoritish vositalari.
Yoritqich lampalari yorug’lik tarqatish xususiyatiga ko’ra uch sinfga bo’linadi:
- to’g’ridan-to’g’ri nur tarqatuvchi;
- nur yoyuvchi;
- nur qaytaruvchi lampalar.
a) To’g’ridan-to’g’ri nur tarqatuvchi lampalar sinfiga, quyi yarim aylanasi bo’ylab o’z nurining taxminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi.
b) Nur yoyuvchi lampalar o’z nurlarini yuqori va quyi aylanalar o’rtasida taqsimlashga asoslangan bo’lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera bo’ylab tarqatadi hamda har qanday soyalarga barham berib, yorug’likni bir tekisda tarqatish imkoniyatini beradi. Bunday lampalar ship va devorlari yorug’lik qaytarish xususiyatiga ega bo’lgan binolarga o’rnatiladi.
v) Nur qaytaruvchi lampalarda asosan 90% dan ko’proq nur yuqori sferaga yo’naltiriladi va yoritish asosan qaytgan nur hisobiga amalga oshiriladi. Bunday yoritgichlar, soyasiz yumshoq va mayin yoritishni ta’minlab, asosan muzey, teatr binolarida qo’llaniladi.
Sun’iy yorug’lik manbai sifatida cho’g’lanma lampa va gazli lampalar olinadi.
Birinchisida yorug’lik manbai – volьframdan ishlangan va cho’g’dek qizigan ip (volfram). Bu lampalar uzluksiz yorug’lik spektri hosil qiladi, tabiiy yorug’likdagiga nisbatan, sariq – qizil nurlar ustunroq turadi. CHo’g’lanma lampalar vakumli (NV), gaz to’ldirilgan (NG), spiralsiz (NB) va shu kabilar bo’ladi. Ularga xos bo’lgan kamchilik shuki, uzoq ishlamaydi (taxminan 1000soat), f.i.k. kichkina.
Xozirgi paytda sanoatda gaz to’ldirilgan lampalar keng qo’llanadi. Ular past bosimli va katta bosimli bo’ladi.
Past bosimlisi lyuminitsent lampa deyiladi; shisha trubka ko’rinishda bo’lib, uning ichki sirti qattiq kristal modda –lyuminofor bilan yupqa qoplangan. Lampaning kolbasi (trubkasi) dozalangan miqdorda sinov (30 – 80mg) va inert gaz (odatda argon) bilan to’ldirilgan, taxminan 400 Pa (3,0mm simob ustuni) hosil qiladi. Trubkaning ikkala uchiga elektrodlar kiyg’azilgan. Lampa elektr tarmog’iga ulanganda tok elektrodlar orasidan o’tib simob bug’larida elektr razryadlar hosil qiladi, natijada ular nurlanadi (elektrolyumininestsentsiya hodisasi ro’y beradi). Bu nurlanish lyuminoforga ta’sir etib yorug’lik nuriga aylanadi (fotolyuminestsentsiya hodisasi).
Lyuminoforning turiga qarab, lyuminitsent lampa turli rangda yorug’lik beradi.
Hozirgi vaqtda sanoat manbalarning quyidagi turlarini ishlab chiqaradi: kunduzgi yorug’lik lampasi (LD), o’sha , yaxshilangan rang beruvchi (LDTS), oq rangli lampa (LB), iliq – oq rangli lampa (LTB), sovuq- oq rangli lampa (LXB) va boshqalar.
Gazli lampalarning asosiy afzalligi-tejamkorligidir.Ularning yorug’lik beruvchanligi 30 – 80 lm/vt; bu-cho’g’lanish lampalarinikidan 3 –4 marta ko’p; xizmat muddati 10000 soatga yetadi; gigienik afzalliklarga ega. Kamchiliklari shuki, yorug’lik oqimi pulьsatsiyalanib turadi, ko’zni qamashtiradi, ulanish sxemasi murakkabroq, drossellar ovoz chiqarib turadi, tashqi muxit harakatiga sezgir (past haroratlarda ularni ishlatib bo’lmaydi).
O’zgaruvchan tok bilan ishlaydigan gaz lampalarning pulslanuvchi yorug’lik tarqatishi juda noxush hodisa. U stroboskopik effekt (hodisa) keltirib chiqarishi mumkin, ya’ni odam lipillayotgan yorug’likda harakatlanayotgan ob’ektni boshqacha (buzilgan ko’rinishda) qabul qilishi mumkin. Masalan, aylanayotgan jism qotib turgandek yoki teskariga aylanayotgandek tuyulishi mumkin. Yorug’lik oqimi pulslanmasligi uchun gaz lampalarni maxsus usul bilan elektr tarmog’iga ulanadi.
Yorug’lik manbai maxsus armatura ichiga joylanadi, shuning uchun yoritgich yoki yorituvchi asbob deyiladi. Ular o’zining qator yorug’lik texnikasi va konstruktiv tavsiflariga qarab farqlanadi:

  • bevosita yorug’lik beruvchi,

  • aksar sochilgan yorug’lik beruvchi,

  • aks etgan yorug’lik beruvchi.

CHangdan va suvdan himoyalanish darajasiga qarab ham farqlanadi:

  • changdan himoyalangan,

  • changdan himoyalanmagan,

  • suvdan himolyalanmagan,

  • tomchilardan himoyalangan

  • yomg’irdan himoyalangan,

  • suv sachrashidan himoyalangan,

  • jips yopilgan

Yong’in va portlash xavfi bo’lgan binolarda maxsus lampalar ishlatiladi.



Download 6,07 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   309




Download 6,07 Mb.