Titrashga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat




Download 6,07 Mb.
bet91/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   309
Bog'liq
hfh

Titrashga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat:
Ish joylari, asbob – uskunalari va qurilish konstuktsiyalarini mashina jihozlar hosil qilgan tebranish ta’siridan saqlanishning mukammal usullaridan biri titrashni to’sish usuli hisoblanadi.
Bu usulda tebranuvchi mexanizm bilan uning asosi o’rtasiga elastik mato o’ralib, mato tebranishning bir qismini yutishi hisobiga asosga o’tishi birmuncha kamaygan holda, tebranish miqdori sezilarli susayadi.
Titrash to’siqlari yoki amortizatorlar po’lat prujina, rezina va boshqa elastik materiallardan tayyorlanadi.
Mashina, jihoz, uskunalarning foydalanish tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, yo’riqnomalarni qo’pol ravishda buzilishi natijasida, shovqinsiz ishlovchi uskunalarning sershovqin ishlashiga olib keladi.
SHovqinga qarshi kurash ishlab chiqarish korxonalarining loyihalarini ishlab chiqilayotganda, hamda ishlab chiqarishning tartibot jarayonlari tanlanayotgan davrdan boshlanadi. Ushbu tadbirlarga quyidagilar kiradi: SHovqinni manbalarda kamaytirish, shovqin yo’lini to’siqlar yordamida pasaytirish. Mehnat tartiboti jarayonlarini va uskunalarni mukammallashtirish, korxonalarni me’moriy rejalashtirish hamda binolarni akustik jihozlashlar kiradi.
Har qanday dastgohda bo’ylama yoki aylanma harakat natijasida aerodinamik, mexanik va elektromagnit shovqinlari mavjud. Bu xildagi shovqinlarni 5-10 dBl ga pasaytirish uchun tishlik o’tkazgichlardagi oraliq, tirqishlarni barham topishi, imkoni borcha plastmassa detallarni ayniqsa o’z vaqtida sifatli ta’mirlash hamda harakatdagi qismlarni moylash kifoyadir.
Aerodinamik va elektromagnit shovqinlarni to’sish va yutish xususiyatiga ega bo’lgan ekran va maxsus qoplamalar ishlatiladi.
Sershovqin hamda zararli binolar alohida mintaqaga joylashtirilgan holda loyihalashtirilishi va ularga yaqin binolar yoki korxonalarni sanitariya me’yorlari talabiga muvofiq masofaga joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish binolarini va yordamchi binolarni va yordamchi binolarni loyihalarini tuzayotganda kam shovqinli xonalarni iloji borcha sershovqin dastgohlar o’rnatilgan xonalardan uzoqroq joylashtiriladi. Sershovqin binolarda ishlaydigan ishchilarni shovqindan himoya qilish uchun akustik ekranlar yoki tovush yutgich qopqoqlar, masofada turib boshqarish, bino devorlarini va shiftini tovush yutgich materiallar bilan pardozlash, tovushdan himoyalangan dam olish xonalarini tashkil qilish, tebranma yoki aylanma harakat qiluvchi qismlari mavjud dastgohlarni yumshatgich moslamalari (amortizatorlar) bo’lgan – poydevorlarga o’rnatilishi va boshqalar zarur tadbirlardan hisoblanadi.

40-rasm. SHovqinga qarshi naushniklar:
1-plasmassa qobiq; 2-shisha mato; 3-shibbalovchi taglik; 4-olinadigan chexol plyonkali.
SHaxsiy himoya vositalari quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi shart:
-shovqinni sanitariya me’yori darajasi miqdorigacha kamaytirilishi kerak;
-gaplashganda so’zlarning mohiyatini pasaytirmasligi zarur;
-quloq suprasiga kuchli bosim berib og’riq chiqarmasligi kerak;
-xavf-xatardan ogohlantiruvchi tovushli daraklarni bo’g’masligi lozim va estetika talablariga javob berishlari shart.
SHovqinni ixotalash. SHovqinni asosiy qismi havo orqali tarqalishini hisobga olgan holda, uning yo’liga biror to’siq qo’yilsa, ma’lum miqdorda bosimi kamayadi.

Download 6,07 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Titrashga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat

Download 6,07 Mb.