|
Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta´siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari
|
bet | 93/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh4.Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta´siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari.
Inson sanoat korxonalarida ishlash jarayonida faqatgina shovqin ta'sirida bo'lib qolmasdan, mashina-mexanizmlar ajratadigan infra va ultra tovushlarning ham ta'sirida bo'ladi.Inson kulogi 16 Gts dan 20000 Gts gacha bulgan chastotali tovushlarni eshita oladi. 16 Gts dan kichik chastotali tovushlar – infratovushlar, 20000 Gts.dan katta chastotadagi tovushlar- ultratovushlar deb ataladi .
Mashinasozlik sanoatida infra tovushlarning asosiy manbayi ichdan yonar dvigatellar, ventilatorlar, porshenli kompressorlar hisoblanadi.
Infra tovushlar darajasi 100-120 dB dan oshib ketgan taqdirda ishchida bosh og'rishi, sezilarli darajada quloq pardasining harakati vujudga keladi. Infra tovush darajasi orta borgan sari ichki organlarda tebranish hissi vujudga keladi, ishlash qobiliyati keskin susayadi, qo'rquv paydo bo'ladi.
QMQ 2. 01. 08. - 96 ga asosan 2, 4, 8 va 16 Gs o'rta geometrik oktava oraliqlarida infra tovush darajasi 105 dB dan oshmasligi kerak.
Infra tovush bilan kurashishning asosiy usullari quyidagilardir:
I) mashinalarning tezligini oshirish; bunda tovush to'lqinlari eshitiladigan polosalarga o'tadi;
2) konstruksiyalar ustuvorligini oshirish;
3) past chastotadagi tebranishlarni yo'qotish;
4) reaktiv tovush so'ndirish vositalarini o'rnatish.
Shuni aytib o'tish kerakki, umuman shovqinni to'sish vositalari va yutish vositalari infra tovush bilan kurashishda hech qanday natija bermaydi. Infra tovush bilan kurashishda tovush ajralib chiqayotgan manbayida kurashish yaxshi natija beradi.
Hozirgi vaqtda ultra tovushdan mashinasozlik sanoatida keng foydalanilmoqda. Bunda foydalanadigan tovush chastotasi 20 kGs dan yuqori va quvvati bir necha kilovatt miqdomi tashkil qiladi.
Ultra tovush ham inson organizmiga katta zarar keltiradi. Bu asab sistemasi funksiyalarining buzilishi, bosim, qon tarkibi va xossasining o'zgarishi bilan ifodalanadi. Kasallaming boshi og'riydi, tez charchaydi, eshitish qobiliyati susayadi. Ultra tovush odamga faqatgina havo muhiti orqaligina emas, balki suyuqliklar va qattiq jismlar orqali ham ta'sir ko'rsatishi mumkin.
GOST 12.1. 001-75 ga asosan ultra tovushlar uchun 20-100 kGs gacha oraliqda shovqin darajasi 110 dB dan oshmasligi kerak deb belgilangan.
Ultra tovushning havo orqali ta'sir darajasini kamaytirish uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
1) Ruxsat etiladigan shovqin darajasi yuqori bo'lgan jihozlardan foydalanish.
2) Ultra tovush tarqatuvchi jihozlami qopqoqlar bilan ta'minlash. Bunday qopqoqlar po'lat tunukadan tayyorlanib ichki tomoniga 1 mm qalinlikda rezina yoki ruberoid yopishtiriladi yoki 5 mm qalinlikda getinaks qoplanadi. Elastik qopqoqlar 3-5 mm umumiy qalinlikdagi 3 qavat rezina bilan qoplanadi. Qopqoqlardan foydalanish eshitiIadigan shovqinlarni 20-30 dB ga kamaytirsa,
ultra tovushlami 60-80 dB ga kamaytirishi mumkin.
3) Ishchi bilan stanok o'rtasiga ekranlar o'matish; bundan ekranlar ko'rinadigan bo'lishi ham mumkin (masalan, oyna, pleksiglaz va h.k.).
4) Agar yuqoridagi usuIlar bilan he ch qanday natijaga erishilmasa, unda ultra tovush manbalarini ayrim xonalarga, kabinalarga joylashtirish mumkin.
Suyuqliklardan va qattiq jismlardan ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ultra tovush nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Shuning uchun bunday asboblar bilan ishlaganda unga tegmaslik choralari ko'rilishi kerak. Ultra tovush vannalariga detallami joylashtirganda ultra tovush to'xtatib qo'yilishi kerak. Tebranishni muhofazalovchi vositalar (g'ovak rezina, parolon va boshqalar) bilan jihozlangan asboblardan foydalanish tavsiya etiladi. Rezina qo'lqoplar ham saqlanishning yaxshi vositasi hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta´siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari
|