|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 101/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTa’sir qilish harakteri
|
Kishi tanasidan o’tayotgantok kuchi, A.
|
|
|
O’zgaruvchan
|
O’zgarmas
|
Cezish chegarasi
|
Qo’l barmoqlari salgina qaltiraydi. Issiqlik sezila boshlaydi.
|
0,5-1,5 mA (0,0005-0,0015) A
|
5,7
|
Ushlab qolmaydigan
|
Barmoq mushaklarining qisqari-shi. Tokli simlarni ushlab olganda qiyinchilik bilan bo’lsada tokdan ajratib oladi.
|
6-10, mA (0,008-0,01) A
|
20-25
|
Ushlab qoladigan
|
Barmoqlarning changak bo’lib qolishi. Kuchli og’riq sezish. Nafas olishning qiyinlashuvi.
|
20-25, mA (0,02-0,025) A
|
50-80
|
Halok qiluvchi
|
Yurak va nafas olish a’zolarining paralichi. Ko’pincha o’lim bilan tugaydi.
|
90-100, mA ( 0,09-0,1) A
|
500 *
|
*- Yurak fibrillyatsiyasining chegarasi.
Kishi tanasidan o’tayotgan tok qiymati.
Iodam= Uzanjir/ Rodam A (1)
Bu yerda Rodam- odam tanasi qarshiligi, Om.
Uzanjir- zanjirdagi kuchlanish, V.
Kuchlanish.
Agar havfli deb kishi o’zi ajrala olish tokini hisoblasak, unda havfli kuchlanish, 40 dan 200 V gacha, ayniqsa, 40 dan 100 V gacha diapazonda deb hisoblanadi.
Havfsiz kuchlanish miqdori quruq xonalar uchun 40 V gacha , nam xonalar uchun 12 V gacha. SHuning uchun barcha tok bilan ishlaydigan qo’l asboblari 36 v ga mo’ljallangan bo’ladi.
1-rasm.Kuchlanishni insonga ta`siri
Tokli sim uzilib yerga tushganda yoki biror bir tok mavjud uskunadan tok yerga o’tib ketganda, shu atrofda 15-20 m masofada yerda tokli maydon hosil bo’ladi. SHu maydonga kirib qolgan kishi oyoqlari orasida qadam kuchlanishi (R 0,8m) paydo bo’ladi, bu esa havfli.
Tokning turi va chastotasi.
Ishlab chiqarish chastotasidagi (50 Gts) o’zgaruvchan tok kishining asab sistemasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi va mushaklarni qisqartiradi. SHuning uchun kishi tokli qismlarga tegib ketsa (tok kuchi 0,02 A) mustaqil ulardan ajralib chiqolmaydi. CHastotaning ortishi bilan tokning havfli ta’siri kamayib boradi. Lekin bu pasayish 1000 Gts gacha davom etadi. CHastotasi 50 Gts va 500 Gts bo’lgan tok bir xil havflidir.
Tokning yo’li.
Bunda elektr tokining kishi tanasidan o’tish yo’li tushuniladi. Bu jarohatlanihsda muhim rol o’ynaydi. Organizmda tokning o’tish yo’li quyidagicha bo’lishi mumkin.
Qo’ldan-qo’lga
2-rasm. Qo’ldan- oyoqqa
Tok tanadan eng qisqa yo’l bilan o’tadi degan fikr noto’g’ridir. Har xil a’zolarning tokka qarshiligi har xildir. Bunda eng muhimi umumiy tokning necha foizi yurakdan o’tishidadir. Masalan:
Qo’ldan-qo’lga o’tganda yurakdan 3,3%
CHap qo’ldan oyoqqa o’tganda yurakdan 3,7 %
O’ng qo’ldan oyoqqa o’tganda yurakdan 6,7 %
Oyoqdan-oyoqqa o’tganda yurakdan 0,4 % tok o’tadi.
|
| |