Hayot faoliyati xavfsizlig




Download 6,07 Mb.
bet97/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   309
Bog'liq
hfh

Sanoatda lazerlar metallarni qirqish, kavsharlash, nuqtali payvandlash, metall, o’ta qattiq materiallar va kristallarda teshik parmalash kabi ishlarda, materiallarning nuqsonlarini aniqlashda, qurilish radioelektron sanoatda, tibbiyot va boshqa sohalarda qo’llanadi. Sanoatda lazerlar metallarni qirqish, kavsharlash, nuqtali payvandlash, metall, o’ta qattiq materiallar va kristallarda teshik parmalash kabi ishlarda, materiallarning nuqsonlarini aniqlashda, qurilish radioelektron sanoatda, tibbiyot va boshqa sohalarda qo’llanadi.
SHikastlanish xarakteri to’lqin uzunligiga bog’liq.
Lazerlar bilan ishlaganda xavfsizlik sharoitlarini qat’iylashtiruvchi me’yoriy xujjat “Lazerlarni qurish va ekspluatatsiya qilishda sanitariya me’yorlari va qoidalari” (1981y.)va GOST 12.1.040-83 “SSBT. Lazernaya bezopasnostь. Obshie polojeniya”.
Me’yorlar lazerli nurlanishning CHJDni belgilaydi, bunda nurlanayotgan to’qimaning energetik ekspozitsiyasi CHJD sifatida qabul qilinadi. Energetik ekspozitsiya deb yuzaga tushayotgan nurlanish energiyasining shu yuza maydoniga nisbatiga aytiladi, o’lchov birligi j/sm2. Lazer xavfsizligi, deganda lazer bilan ishlayotgan xodimlar uchun xavfsiz sharoit ta’minlab beradigan texnikaviy, sanitariya-gigienik va tashkiliy tadbirlar majmuasi tushuniladi. U yoki bu tadbirni qo’llash lazerning xavflilik sinfiga bog’liq. Hamma lazerlar shunday xavflilik belgisi bilan (I,II,III,IV) belgilanishi lozim.
Lazerlarni faqat maxsus jixozlangan xonaga o’rnatish ruxsat etiladi, II,III va IV sinf lazer o’rnatilgan xonalar eshigiga lazer xavfliligini ko’rsatuvchi belgi tushiriladi. IV sinf lazerlar alohida xonaga joylanadi. Xonaning ichki pardozlariga (shift va devorlar sirti xira bo’lishi-yaltiramasligi kerak) katta ahamiyat beriladi. Maxsus apparatlardan boshqa hamma predmetlar sirti yaltiramasligi kerak. II,III va IV sinf lazerlar ishlatilganda davriy dozimetrik nazorat o’tkazilishi kerak (kamida bir yilda bir marta). Bunday nazorat uchun usullar va apparatlar GOST 12.1.131-84 “SSBT. Lazerы. Metodы dozimetricheskogo kontrolya lazernogo izlucheniya” xujjatida ko’rsatilgan.

Download 6,07 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   309




Download 6,07 Mb.