Texnosferada xavfsizlikni ta´minlash masalalari




Download 6,07 Mb.
bet105/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   309
Bog'liq
hfh

6. Texnosferada xavfsizlikni ta´minlash masalalari.
Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko'tarish kranlari, ish bajarish konveyerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu yerda ishlayotganlar uchun ma'lum xavf tug'dirishi, agar ehtiyot chora-tadbirlarini belgiIab qo'yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi hech gap emas. Bu mexanizmlarning ba'zi birlari detallarni qirqish, ularga shakl berish ishlarini bajarsa, boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og'ir ishlarni yengiIlashtirish vazifalarini bajaradi.
Ish bajarish sharoitlari ham bir xii emas, masalan, metallarni qirqishda ishlatiladigan stanoklarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniIadi, ularning kesish issiqligi ta'sirida bug'lanishi havo muhitini ifloslanishiga, shuningdek, havo narnligini oshib ketishiga olib keladi. Demak, sexda ishlayotgan har bir stanok baxtsiz hodisalarga olib keIishidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaraIishini taqozo etadi.
Bundan tashqari detaIlarga ishlov berilgandan keyin hosil bo'Iadigan qirindilar va ularni yig'ib, chiqindisiz jarayonni tashkil qiIish ishlari, bularning hammasi ish sharoitini yaxshilashning asosiy omiIlari hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, mashinasozlik sanoati korxonalari ishchiIarni baxtsiz hodisalarga olib keladigan manbagina bo'lib qolmasdan, balki havo muhitini ifloslantirib, tevarak-atrofda yashovchilar uchun ham ma'lum xavf tug'diradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalami kamaytirishning birdan-bir yo'li sanoat korxonalari sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og'ir ishlami robot va avtomatlashtiriIgan vositalar zimmasiga yuklash, sexlardagi umumiy ishlarni avtomatIashtirishga erishishdir.
Mexanizatsiyalashtirish hozirgi vaqtda am alga oshirish mumkin bo'lgan jarayon bo'lib, birinchidan ishchiIarni og'ir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa o'z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda boshlang'ich xomashyoni ishlatish uchun uzluksiz uzatish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mehnatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, eng ishchi uchun xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg'alash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi. Radioaktiv moddalar bilan bog'liq ish jarayonlarini robotlar bajarishini shart qilib qo'yish kerak.
Zamonaviy texnologiyalarda ko'pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo'lgan ishlar, masalan, eritilgan metallarni har xil qoliplarga quyish, yengil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo'yashga tayyorlash ishlari, bo'yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlarni robotlar
bajaradi. Bundan tashqari, og'ir yuklarni ortish va tushirish ishlari ham mexanizatsiyalashtirilgan.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Bunday tizimlarni tayyorlash va o'matish ishlarida xavfsizlikni ta'minlash, ularning tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlatilayotgan joylarga yaqin joylashgan uchastkalarda ishlayotganlar uchun ham ma'lum xavf tug'diradi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan hamma xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni ta'minlash vositalari bilan jihozlashni unutmaslik kerak.
Mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi avtomatlashtirishdir. Bunda har qanday ishchi bajarishi zarur bo'lgan ish robotlar zimmasiga yuklanadi. Sexda butunlay odam qatnashmaydigan bo'ladi. Sexni boshqarishni ta'minlovchi dasturlar tuzilib, bu dasturlar kompyuterlarga joylashtiriladi. Bunday boshqarish tizimlari ko'pgina rivojlangan kapitalistik davlatlarning sanoat korxonalari va mashinasozligining asosini tashkil qiladi.
IIg'or sanoat korxonalaridagi ba'zi bir sexlar bizda ham, shunday avtomatlashtirish tizimiga o'tkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda butun mashinasozlik tarmog'ini avtomatlashtirish imkoniyati yo'q.
Shuning uchun ham avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash muhim vazifa bo'lganligi uchun biz uning umumiy usullarini ko'rib chiqamiz.

Download 6,07 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnosferada xavfsizlikni ta´minlash masalalari

Download 6,07 Mb.