|
-rasm. Himoyalash uchun nol simiga ulash
|
bet | 104/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh4-rasm. Himoyalash uchun nol simiga ulash.
Bunda avvaldan yerga ulab qo’yilgan nol simiga mashinalarning tok yurmaydigan qismlari o’tkazgich orqali ulanadi.
Cabablari: ma’lumki tuproq har turlidir, qumloq, sof tuproq, nam tuproq, quruq, toshloq, granitli va h.k. Albatta ularning qarshiligi har xil. SHuning uchun qarshiligi katta bo’lgan yerlarda bir yerdan ( masalan transformatorda) nol simni yerga ulab boshqa barcha mashinalarni shu nol simiga ulash qulayroqdir. (5-rasm)
5-rasm. Himoyalash uchun uzib qo’yish.
Elektr uskunalarida kishini tok urish havfi paydo bo’lganda avtomatik ravishda o’chirib qo’yish sistemasidir. (6-rasm)
6-rasm.
Himoya vositalari va asboblari.
Elektr uskunalarini boshqaruvchi ishchini elektr toki urishidan himoya qilish uchun quyidagi vositalar va asboblar qo’llanadi.
Ixotalovchi- kishini tok o’tayotgan qismlardan to’sadi, ixotalaydi. Masalan: dielektrik qo’lqoplar, kalishlar, botilar, rezina gilamlar, poyondozlar, tagliklar, shtanga va qisqichlar dastagi tok o’tkazmaydigan qilib ishlangan asboblar.
Kuchlanish ko’rsatkichlar.
Ko’chma va vaqtinchalik yerga ulovchilar, to’sqichlar va ogohlantiruvchi plakatlar.
Himoyalovchi vositalar: ko’zoynaklar, gazniqoblar, raspiratorlar va h.k.
Balandda ishlash mo’ljallangan moslamalar, stremyaka narvonlar, monterlar tirnoqlari (oyoqqa bog’lab stolbaga chiqadigan asbob), monter kamarlari va h.k.
7-rasm.
5. Korxonalarda elektr xavfsizligi talablari
Korxonalarda elektr qurilmalarni o’rnatish, ishlatish va ta’mirlash ishlari amaldagi "Elektr qurilmalarni o’rnatish qoidalari", "Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ishlatish qoidalari" va "Iste’molchilar elektr qurilmalarini ishlatish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalari" asosida olib boriladi. Elektrotexnik qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur qoidalarni mukammal bilishlari va amaliy faoliyatlarida ularga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.
Ushbu qoidalarga asosan har bir korxonada elektr xavfsizligi bo’yicha 1U-U guruhga ega bo’lgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xo’jalik bo’yicha mas’ul shaxs tayinlanishi lozim. U korxona elektr xo’jaligining umumiy holati bo’yicha javobgar bo’lib, ishlarning yuqoridagi qoidalar talablari asosida tashkil qilinishini ta’minlashi shart.
Korxona binosida Bosh energetik lavozimi bo’lgan taqdirda, elektr xo’jalik bo’yicha javobgarlik faqat uning zimmasiga yuklatiladi.
Elektr xo’jalik bo’yicha javobgar shaxs va muhandis-texnik ishchilari bo’lmagan korxona filiallari, bo’limlarida, ularning hududiy joylashganligidan qat’i nazar, elektr xo’jalik bo’yicha javobgarlik ushbu korxona Bosh tashkilotining mazkur masalalar bo’yicha javobgar bo’lgan shaxsga yuklatiladi va tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Amaldagi qoidalar talablariga javob beradigan elektrotexnik xodimlari bo’lmagan korxonalarda elektr uskunalar ekspluatatsiyasi man etiladi.
SHtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud bo’lmagan kichik korxonalar, filiallar yoki bo’limlarda elektr jihozlarning ekspluatatsiyasi ixtisoslashgan ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlar bilan sherikchilik asosida tegishli elektrik xodimni ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Korxonalarda elektr xo’jaligi bo’yicha mas’ul shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
a) elektr qurilmalarning ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashi;
b) elektr xo’jalik qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini ta’minlovchi yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish hamda mehnat samaradorligini oshirish;
v) elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda o’tkazilishini tashkil etish va o’tkazish;
g) energetika xizmati xodimlarini o’qitish, yo’l-yo’riq berish va bilimlarini davriy sinovdan o’tkazish;
d) elektr-energiya sarfining hisobini olib borish;
e) himoya vositalari va yong’inga qarshi jihozlarmavjudligi va ularning o’z vaqtida sinovdan o’tkazibturilishi;
j)O’zenergonazorat yozma ko’rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarish;
z) elektr qurilmalarda sodir bo’lgan avariya vanosozliklarni hamda elektr toki urishidankelibchiqqan baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirish;
i) texnik hujjatlarni yuritish, soha bo’yicha zarur yo’riqnoma va nizomlarni ishlab chiqish.
Korxonalarning elektrotexnik xodimlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
a) 18 yoshga to’lmagan shaxslarga elektr qurilmalardaishlash ta’qiqlanadi;
b) elektrotexnik xodimlar mayib bo’lmagan, ishlab chiqarish jarayoniga halaqit qiluvchi surunkali xastaliklarga chalinmagan bo’lishlari lozim.
|
| |