|
-модул. 8-mavzu. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me´yorlari, mazmuni
|
bet | 73/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh2-модул. 8-mavzu. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me´yorlari, mazmuni
Reja:
Texnosferada havo muhitining ko´rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta´siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me´yorlari, ularning inson organizmiga ta´siri.
Ishlab chiqarishda mo´tadil ob-havo sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi. Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienik asoslari.
Eramizdan avvalgi 400 va 300 yillarda Gretsiya va Rimlik tabiblar inson salomatligiga o‘sha davrda ishlatilgan metallarning ta’sirini o‘rganib o‘zlarining havotirlarini yozma manbaalarda bitib qoldirganlar.
Rim tabibi Galen o‘zi yashagan II asrda kasbiy kasalliklar hamda mis rudasi qazish bo‘yicha shaxtyorlar uchun kislotali aerozollarning xavflari haqida asarlarida ma’lumotlar keltirgan.
Jarohatlanishlar, kasalliklar va moddiy yo‘qotishlar haqida Uyg‘onish davrigacha Evropadagi olib borilgan ishlar haqida juda kam ma’lumotlar bor. Evropa Uyg‘onish davridan boshlab vrachlar va ximiklar ishchilarning sog‘ligi, ularning xavfsizligi va kasbiy faoliyati o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik borligini anglay boshladilar. Masalan, Ulrix Ellenbort “metallarning zararli va zaharli bug‘lari” ni aniqladi va bu haqida habar berdi. 1437 yilda u ba’zi metallarning bug‘lari- simob, qo‘rg‘oshin havfli ekanligi, ularning manbaalaridan sanoatda zaharlanishni belgilarini tavsiflab berdi.
Ilalyan vrachi Bernardo Romatssini 1700 yilda “Ishchilar kasalliklari” haqidagi birinchi traktatini chop etdi. Keyinchalik olimlarning aytishlaricha, sanoat gigienasi fanining otasi sifatida u o‘zining shogirdlariga kasallardan “Qanday kasb bilan shug‘ullanasiz?” deb so‘rashi zarurligini tavsiya qilgan.
1760-1840 yillar orasida sanoat inqilobi yuz berganligiga, texnika, texnologiya, sanoat ishlab chiqarishi yuqori darajaga etganligiga tarix guvohlik beradi. SHu davrda (1775 yillarda) Doktor Persival Pott rak (o‘sma) kasalligini birinchi alomatlarini aniqladi. Uglevodoroddan iborat smolali moddalar (asfalt, neft, gudron) va qurumlarning moyak rakiga ta’sirini o‘rganildi. Bu topilma ko‘p sonli qoidalarni o‘z ichiga olgan Bargizub nishtari nomli dalolatnomada o‘z ifodasini topdi va 1788 va 1875 yillarda qabul qilindi. Bu vaqtga kelib bir qancha sanoatchilar o‘z ishchilarining moddiy farovonligidan tashvishga tusha boshlagan edilar. Tegirmon egasi bo‘lgan Robert Pil Ingliz parlamentiga mavjud zavodlarda mehnat sharoitining chidab bo‘lmas darajada ekanligi haqida yashirin habar berdi.U erda etimlar mehnatidan qiyin ishlarda, hech qanday sanitar-gigienik sharoitlar bo‘lmagan ishlarda foydalanilayotganligini bildiradi. Uning o‘rganishlari bu ayanchli sharoitda ishchilar sinfining o‘rtacha umri 22 yosh bo‘lganini, aholining davlatmand sinfini o‘rtacha yoshi 44 yosh ekanligini ko‘rsatdi. Sog‘liq va xavfsizlik masalalari ayollar va bolalar mehnatidan foydalanish bilan yanada chuqurlashib ketdi. Uzoq ish kunlari, antisanitariya sharoitlari, majburiy jismoniy mehnat bu yangi ishchi kuchlarini shikastlanishlari va kasalliklarga uchrashi ehtimolligini oshirdi.
Angliyada sanoat inqilobi endi boshlangan paytda CHarlz Tekra mehnat muhofazasi va salomatlik bilan qiziqib qoldi va u san’atni, savdoni, hayotiy odatlarni, ijtimoy ahvol va kasbning inson sog‘ligiga va umrning bardavomligiga ta’sirini o‘rgandi. U angliya tarixida birinchi sanoat meditsinasini ishlab chiqarishga amalda qo‘lladi.Uning ishlari jamoatchilik, ishchi kuchlarini ayanchli ish holatlarida ekanliklari haqidagi ma’lumotlarini oshishiga olib keldi. U o‘z ishlarida shahar aholisi o‘rtacha yoshini, qishloqda yashovchilarnikidan yuqoriligini, havoning ifloslanayotganligini ko‘rsatib beradi.
|
| |