|
JABRLANUVChI (JABRLANUVChILAR) HAQIDA MA’LUMOTLAR
|
bet | 70/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh1. JABRLANUVChI (JABRLANUVChILAR) HAQIDA MA’LUMOTLAR
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kasbi, lavozimi, umumiy va kasb bo‘yicha (shu jumladan, ushbu korxonadagi) ish staji, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish, yo‘riqnomalar berish, bilimlarni tekshirish vaqti, jabrlanuvchining oilaviy ahvoli, qaramog‘idagi oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi) tug‘ilgan yili, jabrlanuvchi bilan qarindoshlik munosabatlari).
2. KORXONA, BO‘LINMA, SEX, ISh JOYINING TAVSIFI
Baxtsiz hodisa yuz bergan joyni qisqacha tavsiflab, jabrlanuvchiga qaysi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish kerak.
Agar baxtsiz hodisa obyektdagi halokat natijasida yuz bergan bo‘lsa, dalolatnomaga quyidagilar qo‘shimcha qilib kiritiladi:
obyekt tavsifi (qozonlar va ko‘tarma inshootlar obyektlari uchun obyekt nomi va xili, uning asosiy o‘lchovlari, zavod bergan tartib raqami, tayyorlovchi zavod, tayyorlangan va o‘rnatilgan yili, so‘nggi tekshiruvdan o‘tgani, shuningdek, tayinlangan tekshiruvdan o‘tish muddati);
halokat toifasi va tavsifi haqida ma’lumotlar;
nobud bo‘lgan mahsulotlar (natura ifodasida va so‘m hisobida), halokat natijasida yetkazilgan zarar (so‘m hisobida).
3. BAXTSIZ HODISANING ShART-ShAROITLARI
Baxtsiz hodisa yuz berishigacha nimalar bo‘lgani, mehnat jarayoni qanday kechgani, bu jarayonga kim boshchilik qilganini ko‘rsatish, jabrlanuvchi (jabrlanuvchilar) va baxtsiz hodisaga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarning xatti-harakatlarini tavsiflash, voqealar izchilligini bayon qilish, jarohatlanishga sabab bo‘lgan xavfli (zararli) ishlab chiqarish omili, mashina, asbob yoki uskunani ko‘rsatish zarur.
4. BAXTSIZ HODISA SABABLARI
Baxtsiz hodisaning asosiy texnik va tashkiliy sabablarini ko‘rsatish, mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, lavozim yo‘riqnomalari, ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha me’yor va yo‘riqnomalarning aniq qaysi talablari buzilganligini (tegishli moddalar, bandlarga havola qilingan holda), shuningdek, davlat andozalari buzilganini bayon qilish, qaysi xavfli va zararli ishlab chiqarish omili belgilangan me’yor va darajalardan oshib ketganligini ko‘rsatish kerak.
|
| |