|
FM sining tarkibiy mablag’lari
|
bet | 125/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhFM sining tarkibiy mablag’lari.
FVDT ning mablag’i quyidagilardan tarkib topgan:
davlat byudjetlari hisobidan;
mahalliy byudjet hisobidan;
vazirlik va uning bo’g’inlari hisobidan;
muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag’lari hisobidan.
-«Qizil xoj» va «Qizil yarim oy» jamiyatining birlamchi zaxiralari hisobidan va boshqalardan.
Nazorat savollari
1. FVDT boshqaruv tizimlari va ularningob’ektlar darajasidagi vazifalari.
2.FVDT qutqaruv otryadlarining tashkiliy tuzulmalari.
3. FM shtabining xizmatli tizimlari, kuch va vositalari.
4. FM sining xalq xo’jaligi tarmoqlarida tashkiliy tuzulmalari.
5. FM sining tarkibiy mablag’lari.
4-modul. 16-mavzu. Zilzila va undan ogohlantirish, muhofazalanish tadbirlari
Reja:
Zilzila va uning sodir bo’lishi. Zilzila turlari va aniqlash usullari.
Zilzila va undan ogohlantirish, muhofazalanish tadbirlari.
Zilzilaga aholini tayyorlash.
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish.
1.Zilzila va uning sodir bo’lishi.
Zilzila- Yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko’rilsa, o’zingni va boshqalarni qutqarib qolish mumkin. Zilzilagacha: Zilzila sodir bo’lgan taqdirda har kungi sharoitda: uyda, maktabda, ko’chada va h.k. o’zingni qanday tutishingni oldindan o’ylab qo’y. Bu senga yer silkinishi ro’y berganda eng to’g’ri yo’lni tanlashingga imkon beradi. Zilzila paytida:
Eng muhimini yodda tut: zilzila boshlangan bo’lsa o’zing vahima qilma va boshqalarning sarosimasiga uchma;
Agar zilzila kuchsiz bo’lsa,qo’rqma, yaxshisi qayerda bo’lsang, o’sha yerda tur;
Zilzila, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Z.lariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Z.lar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish Z.lari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik Z.larning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan Z.lar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Z.lar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan Z.lar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma Z.lar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning
Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.
Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi.
Yer pusti yoki yuqori mantiya qatlamidagi zilzila paydo boʻlgan maʼlum bir hajm zilzila oʻchogʻi, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proyeksiyasi zilzila epitsentri deyiladi. Epitsentr va gipotsentr oraligʻidagi masofa Z.ning yer yuzidan chuqurligini koʻrsatadi. Z. oʻchogʻi Oʻrta Osiyo hududida, aksariyat hollarda, Yer sathidan 5-50 km chuqurlikda joylashgan boʻladi. Yer sharining maʼlum hududlarida Z.lar oʻchogʻi 200— 300, hatto 700 km gacha chuqurlikda boʻlishi ham mumkin.
Zilzila tufayli yer yuzidagi silkinishlar ballarda oʻlchanadi. Silkinishlar epitsentrda eng kuchli boʻlib, undan uzoqlashgan sari kuchi pasaya boradi. Epitsentr atrofidagi eng kuchli silkinishlarni belgilab, ular tutashgan chiziq ichidagi maydon (sath) pleystoseys hudud deyiladi.
Zilzila sodir boʻlganda uning oʻchogʻidan boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tarqaladi. Boʻylama toʻlqinlar R harfi (birinchi toʻlqin), koʻndalang toʻlqinlar S harfi (ikkinchi toʻlqin) bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, yer yuzasida paydo boʻladigan yuza toʻlqinlar (L) mavjud. Mazkur toʻlqinlar asosiy hisoblansada, koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar yer yuzasi hamda ichki qatlamalarida sinish va qaytarilish xususiyatiga egaligi sababli murakkab toʻlqinlar hosil boʻladi. Toʻlqinlar har xil tezlik bilan tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi toʻlqin boʻylama toʻlqin boʻlib, muhitda taxminan bino ichidagi odamlarning koʻpchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi. Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uygʻonib ketadi. Hamma sezadi.Koʻpchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, baʼzi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi.
Baʼzi uylarda suvoqlar koʻchib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, gʻishtli devorlar yoriladi. Xom gʻisht va paxsadan qurilgan baʼzi uylar buziladi, togʻlarda baʼzan qoyalar koʻchadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, togʻlarda surilmalar yuz beradi. Gʻisht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo boʻladi. Toʻgʻon va qirgʻoq dambalari ishdan chiqadi, temir yoʻllar bukiladi. Yangi koʻllar paydo boʻladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil boʻladi, yer vertikal va gorizontal yoʻnalishda silkinadi. Togʻlarda qoyalar agʻdariladi, koʻprik, toʻgʻon, temir yoʻllari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relyefi oʻzgaradi. Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar agʻdariladi, daryolar oʻzanini oʻzgartiradi. Koʻndalang toʻlqin esa oʻrtacha 5 km/s tezlikda, yuza toʻlqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. Qayd qilingan toʻlqinlarning yozuviga qarab zilzila epitsentridan stansiyagacha boʻlgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi vaqtning epitsentr uzoqligiga bogʻliqligi har xil hudud uchun oʻrganiladi. Bu bogʻliqlik chizma koʻrinishida boʻlib, u godograf deb yuritiladi va zilzila maʼlumotlarini ishlash va oʻrganishda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Zilzila toʻlqinlarining umumiy quvvati magnituda (M) bilan belgilanadi. U shartli son boʻlib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga toʻgʻri keladi. Bu qiymat seysmik stansiyalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniqlanadi. „A“ harfi bilan belgilangan kattalik K = lg£ Z.ning quvvatlilik sinfi deb ataladi. Masalan, magnitudasi 5 ga teng (M = 5) boʻlgan zilzila oʻchogʻidan 1012 J quvvat ajraladi, yaʼni K = 12. zilzila kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917 y.da Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi boʻlib, u hozirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladi. Ikkinchisi — AQSH da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931 y.da Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. 1964 y. Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish boʻyicha oʻtkazilgan davlatlararo yigʻilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Iyena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. Zilzila kuchini aniqlashning juda koʻp usullari va belgilari bor. Pekin Z.ning yer yuzida namoyon boʻlishi ballarda aniqlanganligi bilan Z.ning aniq, quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun Z.ning haqiqiy kuchini koʻrsatuvchi oʻlcham — magnituda hisoblanadi. Magnituda 1940y.lar boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan va quyidagicha ifodalanadi:
M = \gA, mkm + 1,32 lgX, km.
Bu yerda: A — seysmik toʻlqin amplitudasi yoki mkm surilishi, X — seysmograf joylashgan yerdan zilzila epitsentrigacha boʻlgan masofa.
Xalqaro maʼlumotlarda zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasida beriladi. Eng kuchli Z.ning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. Zilzila quvvati bilan magnitudasi oʻrtasida bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: \gE — aM + V. Z.ning yer yuzida bir xil kuch bilan namoyon boʻlgan nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqqa izoseysta chizigʻi, zilzila kuchining hududda tarqalishini koʻrsatuvchi izoseystalar toʻplamiga izoseystalar xaritasi deyiladi.
Yer qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar ham faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqdori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar zilzila sodir boʻlishi arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, Z.ning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular Z.larni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik xalqaro va milliy dasturlar asosida toʻxtovsiz izlanishlar olib borilayapti.
San Andreas Lomaning aerotasviri, Los Anjeles
1966-y. 26-aprelda Toshkentda yuz bergan Z.dan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-y. oktabr oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri Z.larning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, Z.larning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Z.ni bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli Z.larni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yon atrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli Z.larni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Mac, 1976-y. 17-maydagi Gazli, 1978-y. 1-noyabrdagi Olay, 1984-y. 18-fevraldagi Pop zilzilalari oldindan aytilgan.
Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-y.larda Fargʻonada, 942-y.da Buxoroda, 1208—1209-y.larda Urganchda, 1490-y.da Samarqandda, 1494-y.da Namanganda, 1620-y.da Axsikentda, 1902-y.da Andijonda, 1921 — 1922-y.larda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-y.da Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-y.larda Toshkentda, 1976, 1984-y.larda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin.
Zilzila turlari va aniqlash usullari Zilzila - tabiatda sodir bo`ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. Zilzila yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo`yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o`rinni egallaydi. Zilzilani amerikalik olimlar J.Gir va X.Shaxlar mana shunday tasvirlashadi: «Agar siz shu vaqtgacha yer silkinishini boshingizdan o`tkazmagan bo`lsangiz, bir tasavvur qilishga urinib ko`ring. Nima o`zi-zilzila? Zilzila to`satdan ro`y beradi. Birinchi tebranish sizni «Nima u?» deb savol berishga majbur qiladi. Siz nima bo`layotganini tushunib olguningizcha, xayolingizga turli fikrlar keladi: «Mashina og`ib ketdimi? Biror narsa tushib ketdimi? Tebranishlar davom etayotgan bo`lsa, sizga bu biror-bir zarb emas, balki hayupash zilzila ekanligi yetib boradi. Endi boshqa savollar tug`iladi: «Bu uzoq davom etarmikan? U nimaga to`xtamayapti? Uy qulab tushmasmikan? Nima qilsam ekan?»
By uylar sizning xayolingizdan sanoqli soniyalar ichida yelib o`tadi. Tebranish to`xtagach, yelkangizdan tog` ag`darilgandek bo`ladi, yengillik sezasiz. Davom etayotgan bo`lsa-chi? U holda yuragingiz dukullaganicha nimalardir qilishga shoshasiz… Kimdir baqiradi, kimdir kucha eshikka qarab chopadi, kimdir qo`rquvdan qotib qoladi… Mana endi, siz agar avvaldan bunday xavfga tayyor bo`lsangiz-chi, albatta, vaqtni qo`ldan boy bermay darhol xavfsiz joyga, yaxshisi stol ostiga yashirinasiz va boshqalarni ham shunday qilishga undaysiz.
Silkinish boshlanganidan bir necha soniya o`tgach, vayronalik boshlanadi. Deraza oynalari sinib tusha boshlaydi, tokchalardagi turli buyumlar tushib ketadi, kitob shkaflari tebranadi, shipdan suvoq kuchib tushadi, devor, burchaklar va shipda yoriqlar paydo bo`ladi.
Hammasi o`tib ketgach, bu qanchalik uzoq davom etganini o`ylaysiz. Garchi hammasi bo`lib 5-10 soniya o`tgan bo`lsa-da, sizga 30-40 soniya o`tgandek, bino esa u yovdan bu yoqqa xuddi 1 metrga borib kelgandek tuyuladi».
|
| |