|
Binolarning kuchli shikastlanishi
|
bet | 128/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh8. Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qo`rquv va sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuproqda bir necha santimetrli darzliklar paydo bo`ladi. Yangi suv havzalari paydo bo’ladi. Quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Yer osti suvi harakati keskin o’zgaradi. Yangi buloqlar paydo bo’ladi.
9. Binolarning batamom shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat qiladi. Yer osti quvurlari uziladi, temir yo’llar qiyshayadi, suv omborlari shikastlanadi. Tuproqda 10 sm gacha darzliklar paydo bo’ladi. Qoyalar qulaydi, ko’chkilar yuzaga keladi. Haykallar, ustunlar yiqiladi.
10. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, tug`onlar, ko`priklarda buzilish bo’ladi. Yer yuzasi yoriladi, to’lqinsimon past-balandliklar paydo bo’ladi. Yer osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh ko`chishi yuzaga keladi. Kanal, ko`l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv havzalari paydo bo’ladi.
11. Talofat. Puxta qurilgan inshootlar: ko`priklar, uylar, to`g`onlar, temir yo`llar jiddiy shikastlanadi. Yer yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog` oldi zonalarida kuchli ko`chkilar yuzaga keladi.
12. Yer relyefining o`zgarishi. Barcha yer usti va osti inshootlari to`liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo bo’lib relyef butkul o`zgaradi. Daryo o`zanlari o`zgaradi. Yirik tog` ko`chkilari bo’ladi. Yangi ko`llar paydo bo’ladi.
Qayd qilingan 12 balli shkala mutloq shkala bo`lmasdan keyingi izlanishlar davomida takomillashtirilib borilmoqda. Har bir tebranishda turmush sharoitida kuzatish mumkin bo’lgan ayrim xususiyatlargagina to`xtalib o’tildi.
Shu o`rinda shubha tug`dirmaslik uchun yana bitta shkala to’g’risida ma’lumot berishni maqsadga muvofiq. Odatda, sayyoramizning biror burchagida yer qimirlasa, tebranish Rixter shkalasi bo’yicha 5 yoki 6 magnitudali kuchlanishda bo`ldi, degan ma’lumotni eshitib qolamiz.
|
| |