• 3.Yong´inga qarshi kurashish xizmati. Yong´inga qarshi texnik vositalar. Yong´inni o´chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qo´yiladigan talablar.
  • Yong’inni oldini olish, materiallarning yonish va portlash bo’yicha tavsifi




    Download 6,07 Mb.
    bet139/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    Yong’inni oldini olish, materiallarning yonish va portlash bo’yicha tavsifi. Ishlab chiqarishdagi barcha materiallar yonish xususiyati bo’yicha uch turga bo’linadi:
    -yonmaydigan materiallar - tashqi yong’in manbasi ta’sirida yonmaydi;
    -qiyin yonuvchi materiallar - tashqi yong’in manbasi ta’sirida yonib, manbaning ta’siri to’xtatilgach mustaqil yonmaydi;
    -yonuvchi materiallar - tashqi yong’in manbasining ta’siri to’xtatilgandan so’ng ham mustaqil yonish xususiyatiga ega bo’ladi.
    Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug’lanish natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Bunday tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi ham portlashga xavfli hisoblanadi. Ular yonish va portlash xavfliligi bo’yicha portlashga xavfli (aerozol holatida) hamda yonishga xavfli (aerogel) turlarga bo’linadi va quyidagi to’rt sinfga ajratiladi:
    I-sinf – portlashga o’ta xavfli changlar, alangalanishining pastki chegarasi-15 g/m3gacha bo’lgan muhit;
    II-sinf–alangalanishiningeng pastki chegarasi 16 dan 65 g/m3 gacha bo’lganportlashgaxavfli muhit.
    III va IV-sinf-alangalanishning pastki chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo’lgan yonishga xavfli muhit.SH-sinfdagi changlarning alangalanish harorati-250 °S, IV-sinfga taalluqli changlarniki esa-250°Sdan yuqori.
    3.Yong´inga qarshi kurashish xizmati. Yong´inga qarshi texnik vositalar. Yong´inni o´chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qo´yiladigan talablar.
    Yong´inga qarshi kurashish xizmati. Sanoat korxonalarida yong'inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning yong'inga xavflilik darajasiga qarab, korxona ma'muriyati belgiIaydi. Agar sanoat korxonasi yong'inga xavfli bo'lsa, unda yong'inga qarshi kurash bo'limi tashkiI qiIinadi. Bunday bo'Iim o'zining maxsus yong'inga qarshi kurash komandalarini tashkiI qiladi. Agar sanoat korxonasining yong'inga xavfliIik darajasi past bo'lsa, unda yong'indan muhofaza qilish ishlarining asosiy yo'nalishi yong'in chiqib ketmasIigini va chiqqan taqdirda ham kattalashib ketmasIigini ta'minlashga qaratilgan ehtiyot chora-tadbirlari hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda davlat yong'inga qarshi qurash nazoratini ichki ishlar vazirIigining yongindan muhofaza qiIish boshqarmasi amalga oshiradi.
    Uning asosiy vazifasi-sanoat korxonalarida yong'in va port-lashga olib keladigan sabablarni yo'qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yong'inga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular xohlangan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bino va qurilmalarni ko'zdan kechirishi, xohlangan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yong'in xavfsizligiga taalluqli hujjatlar va
    ma'lumotlarni talab qilishi, binolarda yong'in bo'lgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish imkoniyatlarini beradigan yong'inga qarshi kurash birlamchi vositalarining. tayyorligini va shuningdek, majburiy qaroriar, qoida va normalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi mumkin.
    Davlat yong'inga "qarshi kurash nazorati organlari yong'in xavf-sizligi qoida, norma va talablarini bajarmagan va shuningdek, yong'inga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda kerakli asbob-anjomlarni noto'g'ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foydalangani uchun sanoat korxonasi rahbar xodimlariga, sex boshliqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish huquqiga ega.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yong’inni oldini olish, materiallarning yonish va portlash bo’yicha tavsifi

    Download 6,07 Mb.