|
Yong´inga qarshi texnik vositalar
|
bet | 140/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh Yong´inga qarshi texnik vositalar. O’t o’chirish hizmati yetib kelgandan keyin uning asosiy vazifasi tsexlarda qolib ketgan odamlarning xavfsizligini ta’minlash, yong’inning tarqalishini oldini olish va unga barcha yo’nalishlar bo’ylab qarshilik ko’rsatishdan iboratdir. Kerakli kuch va vositalarni jamlash va ularni to’g’ri yo’naltirishga qaror qabul qilish uchun yaxshilab razvedka ishlarini olib borish kerak bo’ladi.
Yonish jarayoni to’xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzomermik zanjir reaktsiyasi uzilishi kerak. Bu reaktsiyani to’xtatishning fizik hamda kimyoviy usulari qo’llaniladi.
Fizik usullar – bu alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzalari haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish (ko’pincha yonmaydigan gazlar kontsentratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ixotalash.
Kimyoviy usullari yonish reaktsiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiriladi.
O’t o’chirish vositalari asosan uch guruhga bo’linadi:
1) yonishni tugatish usuli bo’yicha – sovituvchi, aralashtiruvchi (chapishtiruvchi), ixotalovchi, ingibirlashtiruvchi;
2) elektr o’tkazuvchiligi bo’yicha-elektr tokini o’tkazuvchi (suv, bug’,ko’pik), elektr tokini o’tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);
3) zaharliligi bo’yicha – zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbanat angidrid, azot) zaharsiz (suv, ko’pik, kukunli birikmalar).
Yong´inni o´chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qo´yiladigan talablar.
O’t o’chirishning dastlabki vositalari endi boshlanayotgan yong’inlarni o’chirish uchun ishlatiladi. Ular binoning ichida yoki kiraverishda, omborlar yonida, korxona hovlisida, bu vositalarga o’t o’chirish uchun ishlatiladigan asboblar (bolta, belkurak, misrang, changak, chelak), astbest matosi yoki texnik kigiz, bochkada suv, yashikda qum va o’t o’chiruvchi (kukunli va korbonat angidridli) asboblar kiradi. SHu bilan birga o’t o’chirishning ichki vodoprovod tizimi ham kiradi. Ular ko’zga yaqqol tashlanadigan joyga olishga qulay qilib o’rnatiladi.
QMQ 2.08.02-96 ga binoan barcha ishlab chiqarish xonalari va omborlar
dastlabki o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
|
| |