• Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materiallarning yonish xususiyati bo’yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi
  • Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallarining yong´inga qarshi bardoshlilik darajalari




    Download 6,07 Mb.
    bet138/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    2.Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallarining yong´inga qarshi bardoshlilik darajalari.
    Barcha bino va inshootlar yong’inga chidamliligi bo’yicha 5 darajaga bo’linadi:
    I darajali yong’inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari yonmaydigan, yuqori yong’inga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo’lgan binolar kiradi;
    II darajali yong’inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan,yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi;
    III darajali yong’inga chidamli bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi;
    IV darajali yong’inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlangan binolar kiradi;
    V darajadagi binolarga esa barcha konstruktsiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.
    Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materiallarning yonish xususiyati bo’yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular A, B, V, G, D, Ye ko’rinishlarida shartli belgilanadi.
    - A darajali yong’in va portlashga xavfli korxonalar. Bular suyuqlik ta’sirida havodagi kislorod bilan birikish natijasida yonishi va potrlashi mumkin bo’lgan moddalar, chaqnash harorati 280 S gacha bo’lgan suyuqlik va gazlarni portlash imqoniyatini tug’dirishi mumkin bo’lgan korxonalari bo’lib, bosim 5 KPa. gacha bo’lishi kerak.
    Bu darajaga oltingugurt, uglerod, efir, atseton ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi.
    - B darajali portlash va yong’inga xavfli korxonalar. Ularga chaqnash harorati 28°S dan yuqori bo’lgan hamda ishlab chiqarish jarayonida chaqnash haroratigacha qizdirilgan suyuqliklar va changlar binoda bosim 5 KPa. dan ko’proq miqdorda to’planib, portlovchi aralashma hosil qilishi mum-kin bo’lgan korxonalar kiradi.
    - V darajali korxonalarga yong’inga xavfli bo’lgan, bug’, harorati bo’lgan suyuqliklar, shuningdek, bir-biri bilan, havodagi kislorod suv bilan birikkan holda yonuvchi moddalar va qattiq yonuvchi jismlar bilan ish olib boradigan korxonalar kiradi.
    - G darajali korxonalar, yonmaydigan jism va materiallarga, qizdirib, cho’g’lantirib va eritib ishlov berish jarayonida issiqlik, uchqun va alangalar chiqishi mumkin bo’lgan, qattiq, suyuq, va gazsimon moddalar yoqilg’i sifatida ishlatiladigan korxonalar kiradi.
    - D darajali korxonalarga, yonmaydigan jismlar va materiallarga sovuq ishlov beradigan korxonalar kiradi. Mashinasozlik sanoat korxonalari, qurilish sanoat korxonalari kiradi. Yong’in va portlash darajasi korxonani loyihalash va ishga tushirish vaqtida har bir vazirlik tasdiqlagan ro’yxat bo’yicha aniqlanadi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyot tarmoqlari binolari, inshootlari va qurilish materiallarining yong´inga qarshi bardoshlilik darajalari

    Download 6,07 Mb.