|
Mexanizatsiyalashgan o’t o’chirish vositalari
|
bet | 141/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhMexanizatsiyalashgan o’t o’chirish vositalari. Mexanizatsiyalashgan, ya’ni asosiy o’t o’chirish vositalariga suv nasoslari va avtomashinalar kiradi. Suvnasoslar (motopompalar) umumiy asosga o’rnatilgan dvigatelь va markazdan qochma nasosdan tarkib topgan agregatdir.
Avtomatik o’chirish vositalari. Avtomatik o't o'chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi. Sprinklerlar asosan yong'in xavfi yuqori bo'lgan sanoat korxonalariga o'rnatiladi. Mashinasozlik korxonalari yong'inga uncha xayfli bo'lmaganligi sababli, unga sprinkler qurilmalari o'rnatilmaydi.
O't o'chirish usullari quyidagicha bo'lishi mumkin:
I) yonayotgan zonani ko'p miqdorda issiqlik yutuvchi materiallar yordamida sovutish;
2) yonayotgan materiallami atmosfera havosidan ajratib qo'yish;
3) yonayotgan zonaga kirayo tgan havo tarkibidagi kislorod miqdorini kamaytirish;
4) maxsus kimyoviy vositalarini qo'llash.
O't o'chirish vositalari sifatida, suv bug'lari, kimyoviy va mexanik ko’piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq kukunsimon materiallar, maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalardan foydalaniladi.
Suv. O’tni o’chirishda eng keng tarqalgan modda suvdir. Suv o’zining quyidagi xususiyatlari tufayli o’tni o’chirishda eng afzal modda hisoblanadi. Suvning issiqlik sig’imi katta, yonayotgan yuzaga tushgan suv uning issiqligini yutib oladi. Ma’lumki, 1 litr suv taxminan 539 kal. issiqlikni yutadi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bug’lanadi. Bug’lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab olib havodagi kislorod miqdorini kamaytiradi. Suvning yuzalarni qo’llash hususiyati yong’inni tarqalmasligida katta rol o’ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 n/m) bo’lganligi uchun yonayotgan moddalarning tirqish va teshiklariga tezda kirib ularni sovutadi. Bular hammasi o’tni o’chirishda katta axamiyat kasb etadi.
So’nggi paytlarda suv neft maxsulotlarini ham o’chirishda ishlatilmoqda. Yong’in bo’layotgan yuzalarga suv mayda zarrachalar holatida
sepiladi. Bu mayda tomchilar (0,1 – 0,5mm kattalikdagi) tezda bug’lanadi va
bug’ yonayotgan suyuqlik yuzasini qamrab olib kislorodni o’tkazmaydi.
SHuningdek suv, oxirgi paytlarda o’t o’chirishda keng qo’llanilayotgan
havo – mexanik ko’pik xosil qilishda ham ishlatiladi.
O’t o’chirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri uning elektr tokini o’tkazuvchanligidir. Bu kuchlanish ostida bo’lgan uskunalarni o’chirishi imkonini bermaydi. Bundan tashqari, suv ayrim moddalar (kaliy, natriy) bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib parchalanadi. Parchalanish natijasida ajralib chiqadigan vodorod portlashi mumkin, kislorod esa yonishni kuchaytiradi. SHuningdek, suv bilan kalьtsiy karbidni ham o’chirib bo’lmaydi, chunki unga suv tekkanda yonuvchi gaz – atsetilen ajralib chiqadi.
Karbonat angidrid gazi. Bu gazni yong’in chiqqan zonaga yo’naltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong’inni o’chirishga qaratilgan. Bu gaz yonmaydi. Agar havoda kislorod miqdori 15% gacha tushirishga erishilsa, yong’in mavjud bo’lish imkoni yo’qoladi. Karbonat angidrid gazi, yong’in o’chog’iga gaz holatida hamda suyultirilgan karbonat angidridli holatida berilishi mumkin.
Suyultirilgan karbonat angidridli o’t o’chirgichda u havo bilan reaktsiyaga kirishib -70oS haroratli qorsimon modda xosil qiladi, bu yonayotgan buyumlar yuzasini yaxshi sovutadi.
|
| |