Qattiq moddalarning yonish va yong’inga xavflilik xususiyatlari




Download 6,07 Mb.
bet144/309
Sana14.05.2024
Hajmi6,07 Mb.
#232173
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   309
Bog'liq
hfh

Qattiq moddalarning yonish va yong’inga xavflilik xususiyatlari.
Qattiq jismlarning yonish xususiyati deganda uning qizdirish natijasida parchalanib, yonuvchi gazsimon va bug’simon moddalar hosil qilinishi tushuniladi.
Yonuvchi moddalarning mana shu parchalanish holati ularning uchuvchi qismi deb ataladi.
Uchuvchi qismning yonish qonuniyatini o’rganishda gazsimon moddalarning yonish qonuniyatlarini qo’llash mumkin. Masalan, quruq moddalarni qizdirib haydash yo’li bilan gazga aylantirish mumkin, haydashdan keyin hosil bo’lgan yoki qolgan qoldiq koks qoldig’i deb yuritiladi.
Koks qoldig’ining yonish jarayoni gazsimon moddalarning yonish jarayonidan birmuncha farq qilsada, ammo o’z-o’zidan alangalanishning issiqlik nazariyasini bu koks qoldiqning yonish jarayonini tushuntirish uchun qo’llash mumkin. Qattiq moddalarning yong’inga xavflilik xususiyati 1 kg qattiq modda yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, o’z-o’zidan alangalanish, yonib bitish tezligi va material yuzasida yonishning tarqalishi bilan ifodalanadi.
Qattiq jismlarning yonish harorati yonganda hosil bo’ladigan issiqlik miqdori va yoyish mintaqasiga kelayotgan havo miqdoriga bog’liq. 1 kg qattiq yoki suyuq yoqilg’i yonishi uchun kerak bo’ladigan havo miqdorini quyidagicha hisoblash mumkin. Ma’lumki, har qanday yonuvchi modda tarkibida uglerod, oltingugurt, vodorod va kislorod bo’ladi.
Mana shu moddalar tarkibidan kelib chiqib, 1 kg jismning yonishi uchun sarflanadigan havo miqdorini hisoblash mumkin.
Haqiqatda esa yonish va qizish natijasida, qattiq jismlarning yonishi uchun havo almashish qonvektsiya hodisasiga qo’ra yonish mintaqasiga nazariy jihatdan kerak bo’ladigan havoga nisbatan ko’proq havo oqimi keladi.
Haqiqatda sarflangan havo miqdorining nazariy jihatdan hisoblangan havo miqdoriga nisbatan ortiqcha havo koeffitsienti deb yuritiladi
Yong’in vaqtida bu koeffitsient, diapazon nihoyatda katta bo’lib, 2-20 gacha o’zgaradi.
Etarli bo’lmagan havo muhitida yonish to’liq bo’lmaydi.
Bunda hosil bo’lgan yong’in mahsulotlari (SO, qurum, spirtlar) yana yonish qobiliyatiga ega bo’ladi
Bunday mahsulotlar oz miqdorda bo’lsada tutun tarkibida ham bo’ladi.
Bizning vazifamiz yong’in haqida asosiy tushunchalar berish bilan birga unga qarshi samarali kurash olib borish, yong’inni o’chirishda qo’llaniladigan birlamchi vositalar, har xil tadbirlar bilan tanishtirishga qaratilgan.

Download 6,07 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   309




Download 6,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qattiq moddalarning yonish va yong’inga xavflilik xususiyatlari

Download 6,07 Mb.