|
Hayot faoliyati xavfsizlig
|
bet | 142/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh Inert gazlar. Yong’inni o’chirishda inert gazlar – azot va argon gazlari
ham ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va bu yong’inni o’chirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid gazi singari samarali emas.
Tutun gazlari. Tutun gazlarida kislorod miqdori havodagidan bir
muncha kam bo’lib, taxminan 18-19%ni tashkil qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdorini 5-6%gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong’inni o’chirishda bemalol qo’llanilishi mumkin. O’t o’chirishtexnikasida samolyotlarning o’z ish muddatini o’tagan reaktiv dvigatellarni ishlatish ham yo’lga qo’yilgan. Bular o’t o’chirishi mashinalariga o’rnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga yong’in yuzalariga beriladi.
Ingibitorlar. Goloidlangan uglevodorodlar yonish reaktsiyasiga kimyoviy susaytirgich orqali ta’sir ko’rsatib yong’inni to’xtatadi. Bular
inert gazlarga nisbatan ancha samaralidir. Bu maqsadda bromli etil, bromil etilen, dibromtetroftoreton (freon 114V2)lar ishlatiladi. Freon suv bug’iga nisbatan 20 marta, uglerod oksidiga nisbatan 12 marta samaraliroqdir. Goloidlangan uglevodorodlar cho’g’langan paxta xom ashyosi va tolasini o’chirishda ayniqsa qo’l keladi. Ular elektr tokini o’tkazmaydi va sovuq havoda muzlab qolmaydi. Qaynash haroratining pastligi (38-98oS) va
o’chuvchanligi ochiq joylardagi yong’inlarni o’chirishda qo’llashga mone’lik
qiladi.
Kukunli birikmalar. Ular yonayotgan gazlar, yengil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar, kuchlanish ostida bo’lgan elektr uskunalarini o’chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora ko’proq qo’llanilmoqda.
Kukunli o’t o’chiruvchi moddalar – bu yaxshi maydalangan mineral tuzlar
bo’lib, tarkibida yopishqoqlikni va qumoqlanib qolishni kamaytiruvchi
turli qo’shimchalar mavjud. Bularning boshqa o’t o’chirish vositalariga
qaraganda afzalliklari quyidagilardan iborat: o’t o’chirish qobiliyatining juda yuqoriligi (xatto goloidlangan uglevodorodlarnikidan ham bir necha marotaba yuqori), universalligi ular bilan xatto suvda, ko’pikda, gazli yoki golloidlangan moddalarda o’chirib bo’lmaydigan materiallar (ishqor hosil qiladigan materiallar, kremniy va metalloorganik aralashmalar)ni o’chirishi mumkin; turlicha o’t o’chirish uskunalarida qo’llanish imkoniyati va arzonligidir.
Kukunlardan foydalanishda yong’inni yuqori o’chirish samaradorligi
quyidagi omillarning birgalikdagi ta’siri hisobiga erishiladi. Bular: yong’in zonasida kimyoviy reaktsiyani ingibirlash (tormozlash); issiqlikni kukun zarrachalarini qizdirishga va qizdirib parchalashga sarflash natijasida yong’in zonasini sovutish; yonuvchi muhitning kukun zarrachalari va uning parchalangan maxsulotlari bilan aralashtirish va boshqalar. Ko’pgina modda va materiallar kukun yordamida 5 – 7 soniyada o’chiriladi.
Kukunli tarkiblarning afzalligi nafaqat ularning yuqori o’t o’chirish
samaradorligi, balki ularning dielektrik xususiyatlarida ham namoyon
bo’ladi. Bu ularni kuchlanish ostidagi uskunalarni o’chirishda ham qo’llash imkonini beradi.
Metalloorganik birikmalarni o’chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi.
Uning asosiy qismi freon 114 V2 bilan tindirilgan selikogen zarrachalarni tashkil etadi. Yong’inga tushgach kukin zarrachalarida alangaga kuchli tormozlovchi (ingibator) sifatida ta’sir qiluvchi freon ajralib chiqadi. Bu esa ularning kamchiligidir.
Ko’pik. Yonayotgan yuzaga tushgan ko’pik uni qoplab olib, kislorod kirishidan to’sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovitadi.
Ko’pik asosan qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni o’chirishda ishlatiladi. Ko’piklar paydo bo’lishiga qarab ikki hil bo’ladi: ko’pik hosil
qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan mehanik aralashtiruv orqali olinadigan havo-mexanik ko’pik va ishqor eritmasi bilan kislotani aralashishi natijasida paydo bo’ladigan kimyoviy ko’pik.
|
| |