|
Texnik sabablar bo’yicha ishlab chiqarish jarohatlanishi profilaktikasi
|
bet | 150/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTexnik sabablar bo’yicha ishlab chiqarish jarohatlanishi profilaktikasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) har xil uskuna, jihoz, mexanizmlarni doimiy sistematik tekshirish va sinovdan o’tkazish;
2) stanok, mashina, uskunalarni asosiy qismlarini davriy taftishdan o’tkazish;
3) bosim ostida ishlaydigan idish va uzatish quvurlarini davriy sinovdan o’tkazish;
4) murakkab texnik munosabatdagi qurilmalarda yoki ishlayotgan uskunalar sistemasidagi har xil himoya rele yoki klapanlari ishlashini sistematik tekshirish.
Suyak singanda ko´rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam. Uzoq vaqt bosilish sindromida jarohatlanganlarga ko´rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam.
Qo’l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib mahkam bog’lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan joylarni bog’lashda qulay va uni og’riqsizligini taminlashda yupka taxta, tayoqcha va karton qog’ozlardan foydalaniladi va ularni bog’lash bint, qayish, ip va boshqalar bilan amalga oshiriladi (1-rasm).
Jarohatlangan joylarni taxtakachlashda taxta va shunga o’xshashlardan shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni bog’lashdan oldin qon oqishini to’xtatish kerak.
1-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko’rsatish.
Umurtqada sinish ro’y berganda jarohatlangan odamni tag qismiga paner yoki tenis yog’och kuyish lozim (1-rasm).
Bunda jarohatlangan kishini gavdasini egilmasligini taminlash kerak. Jarohatlangan kishining qovurg’asi singan (nafas olishda og’riq bo’lsa) nafas chiqarishda ko’krakni bint bilan yoki sochiq bilan qisib o’rash kerak bo’ladi. Organizmda suyaklar chiqqanda ularga faqat tibbiy yordam ko’rsatishga ruxsat beriladi.
2-rasm.Umurtqasi singan kishiga birinchi yordam ko’rsatish.
Jarohatlanganda lat yegan shishgan joylar mahkam bog’lanadi va lat yegan joy sovutuvchi narsa bosiladi. Qorin atrofida lat yeyishi juda xavflidir. Bunday holda jarohatlangan kishini tezlik bilan kasalxonaga yetkazish kerak.
|
| |